Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Toshkent shahar > Toshkent shahri Sergeli tumanida tadbirkor ayollar biznes–forumi o‘tkazildi

Toshkent shahri Sergeli tumanida tadbirkor ayollar biznes–forumi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari» to‘g‘risidagi 5325-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 13-yanvar kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida tuman prokuraturasi, xotin-qizlar qo‘mitasi va «Hunarmand» uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi hamkorligida «Jamiyatning rivojlanishida Xotin-qizlar tadbirkorligining o‘rni» shiori ostida tadbirkor ayollar biznes-forumi o‘tkazildi. Biznes–forum kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, soha vakillari erishayotgan ilg‘or natijalarni targ‘ib qilish, ayolar va yoshlarda mulkdor bo‘lish hissini kuchaytirish, tadbirkor ayollarning imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Tadbirda hunarmandlar tomonidan ko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmada kashtachilik, milliy taqinchoqlar, esdalik buyumlari, milliy liboslar yo‘nalishlarida hunarmandchilik mahsulotlari namoyish etildi.

 Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati