Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > Xo‘jayli va Mo‘ynoq tumani xotin-qizlari uchun kigiz bosish va kashtado‘zlik bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi

Xo‘jayli va Mo‘ynoq tumani xotin-qizlari uchun kigiz bosish va kashtado‘zlik bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi

Yurtimizda gilamchilikning rivoji uzoq asrlarga borib taqaladi. Chunki qadimdan chorvador xalqimiz jun mahsulotlaridan gilam to‘qish, kigiz bosish ishlarini san’at darajasiga olib chiqqan. Mamlakatimiz hududida arxeologlarning ma’lumot berishicha, miloddan avvalgi I ming yillikda gilamchilik mavjud bo‘lgan. O‘zbekistonda qadimda qo‘y va tuya junidan kigiz bosish, gilam to‘qish boy an’anaga ega.
O‘zbekiston Respublikasi «Hunarmand« uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda Xo‘jayli va Mo‘ynoq tumani xotin-qizlari uchun kigiz bosish hunarini qayta tiklash va rivojlantirish, kashtado‘zlik bo‘yicha o‘n kunlik o‘quv seminari va mahorat darslari tashkil etildi.

 Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati