Hunarmand uyushmasi > Ma’lumotni ishlatish shartlari

Maʼlumotdan foydalanish
shartlari

  Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi (keyinchalik Uyushma) saytidagi joylashtirilgan maʼlumotlardan nusxa olish (ommaviy axborot vositalarida u yoki bu maʼlumotlardan yoki xabarlardan iqtibos olish) ushbu maʼlumotning manbai koʼrsatilgan holda ruxsat etiladi.

    Bevosita Uyushma saytida joylashtirilgan maʼlumotlar, agar axborotlar, axborotlashtirish va axborotni saqlash boʼyicha qabul qilingan qonun hujjatlari bilan boshqa shartlar oʼrnatilmagan boʼlsa, Oʼzbekiston Respublikasining davlat mulki hisoblanadi. Koʼrsatib oʼtilgan maʼlumotlar ochiq holda berilishi mumkin boʼlgan maʼlumotlar turiga kirib, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʼgʼrisidagi qonunchilikka muvofiq himoya qilinadi. Shu bilan birga, koʼrsatib oʼtilgan maʼlumotlarni tijorat maqsadida foydalaniladigan obʼekt sifatida qarash mumkin emas.

    Uyushma saytidan tashqaridagi axborot resurslarining giper havolalariga oʼtilganda, internet-foydalanuvchi portaldan chiqib ketadi. Uyushma sayti, tashqi axborot resurslarida joylashtirilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi va dolzarbligiga, ularning tarkibidagi maʼlumotlarni yangilash davriyligiga javob bermaydi.
Oʼzlarining axborot resurslarida Uyushma saytiga (shu jumladan, katalog elementlari, boʼlimlar, grafik bannerlar va b.) oʼtadigan giper havolani joylashtirish istagida boʼlgan jismoniy va yuridik shaxslar, majburiy ravishda Uyushma roziligini olishlari lozim.
Oʼzlarining axborot resurslarida Uyushma saytiga oʼtadigan giper havolani joylashtirgan axborot resurslarinin gegalari:
Uyushma saytiga oʼtadigan giper havola berish bilan bogʼliq nohaqqoniy maʼlumotlarni berishlari;
Uyushma saytiga oʼtadigan giper havola berilgan resurslarida portalning maqsadi va ish faoliyati tamoyillariga mos kelmaydigan maʼlumotlarni joylashtirishlari mumkin emas.
Uyushma saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish yoki ushbu xabarnomaning shartlari bilan bogʼliq savollaringizni email: info@handicraftman.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.