O‘zbekiston Respublikasi Hunarmand” uyushmasiga a‘zo bo‘lgan hunarmandlar qanday imtiyozlarga ega bo‘ladi?

Hunarmandlar Qatʼiy belgilangan soliq va sug‘urta
badallari bo‘yicha imtiyozlarga ega bo‘ladi.

– hunarmandchilik faoliyati mahsulotlari (tovar, ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotishda qatʼiy belgilangan soliqdan ozod etildi;
– yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchilar Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badali to‘lovidan ozod etildi;
– qishloq joylarda ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan hunarmandlar o‘z faoliyatining dastlabki 2 yili mobaynida byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badalining 50%ini to‘lashadi (stavka – EKIH(eng kam ish haqqi)ning kamida 1 baravari miqdorida).
Bundan tashqari, hunarmandlar kasb-hunar kollejlarining maxsus ustaxonalarida hunarmandchilik boʼyicha taʼlim berish huquqiga ega boʼlishdi. Ular bilan yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi shartnoma tuziladi va koʼrsatilgan xizmat uchun soliq undirilmaydi.

– “Usta-shogird” maktabi oʼquvchisi sifatidagi ish davri 25 yoshga yetgunga qadar EKIHning kamida 2,5 baravari miqdorida sugʼurta badali toʼlangan taqdirda mehnat stajiga qoʼshiladi.
– Bu – muhim! Doimiy savdo joylariga ega boʼlmagan va vaqtinchalik joylarda savdo qiluvchi hunarmandlar kassa apparatlari va savdo terminallaridan foydalanadi, shuningdek, naqd pul tushumini ixtiyoriy tartibda inkassatsiya qiladi.

Imtiyozli valyuta rejimi

– Hunarmandlarga oʼz mahsulotlarini eksport qilishdan tushgan xorijiy valyutani erkin tasarruf etish, shu jumladan, bank hisob raqamlaridan chet el valyutasini naqd shaklda yechib olish huquqi berildi.

– Xorijiy mamlakatlarda oʼtkazilgan koʼrgazma, tanlov, yarmarka davomida sotilgan hunarmandchilik mahsulotlari eksport shartnomalari tuzilmasdan amalga oshirilishi mumkin, buning natijasida olingan daromad esa eksport tushumi hisoblanmaydi.

Imtiyozli kreditlar

– “Mikrokreditbank” АTB, “Xalq banki” АTB va “Аgrobank” АTB hunarmandlarga 6 oy imtiyozli davrni oʼz ichiga olgan holda 2 yil muddatga, EKIH(eng kam ish haqqi)ning 300 baravarigacha miqdorda milliy valyutada imtiyozli mikrokreditlar beriladi. Oʼzlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna va ehtiyot qismlar xarid qilishda imtiyozli mikrokreditlar boʼyicha stavka Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 50%ini, aylanma mablagʼlarni toʼldirish uchun esa ushbu stavkaning 100%ini tashkil etadi.

– Eʼtiborli jihati shundaki, imtiyozli mikrokreditlar pul mablagʼlarini hunarmandning ssuda hisob raqamidan uning toʼlov topshiriqnomasiga muvofiq, ushbu Farmonda nazarda tutilgan maqsadlar uchun tegishli tashkilot yoki jismoniy shaxsning talabi boʼyicha depozit hisob raqamiga oʼtkazish yoʼli bilan keyinchalik ushbu tashkilot yoki jismoniy shaxsga xizmat koʼrsatuvchi bank toarif siyosatiga muvofiq, naqd pul olish imkoniyati bilan taqdim etiladi.

Soddalashtirilgan tartibda xususiylashtirish va davlat mulkini ijaraga olish

– Hunarmand xususiylashtirish dasturi doirasida (“nolь” xarid qiymatida) sotiladigan davlat mulki obʼektini olish xohishini bildirgan taqdirda, ushbu obʼekt hunarmandga baholangan qiymatida (boshlangʼich investitsiya majburiyatlari bilan) ochiq savdolarga (tanlovga) qoʼyilmasdan toʼgʼridan-toʼgʼri shartnoma asosida sotiladi (beriladi). Bir necha hunarmand bir obʼektni (“nol” xarid qiymatida) olish istagini bildirgan taqdirda, ushbu obʼekt belgilangan tartibda ochiq savdoga (tanlovga) qoʼyiladi va unda faqat ushbu hunarmandlar ishtirok etadi. Bunda ushbu obʼektlardan kamida 5 yil mobaynida hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida foydalanilishi lozim.

– Hunarmandlarga davlat mulki obʼektlari uchun ijara toʼlovi belgilangan eng kam toʼlovning 50%i miqdorida belgilanadi.