Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Hunarmandchilik mahsulotlarini elektron kommertsiya orqali sotishni yoʼlga qoʼyish borasida

Hunarmandchilik mahsulotlarini elektron kommertsiya orqali sotishni yoʼlga qoʼyish borasida

Hunarmandchilik mahsulotlarini elektron kommertsiya orqali sotishni yoʼlga qoʼyish borasida “Hunarmand” uyushmasi tomonidan www.uzcrafts.com veb saytini yaratildi. Saytga hunarmandlardan uyushma muzey fondiga sotib olingan mahsulotlar joylab borilmoqda.
Turizmni rivojlantirish davlat qoʼmitasi, “Hunarmand” uyushmasi, “Asialuxe Travel” MChJ va “Allbazar Group” MChJ lar hamkorlikda www.ihunar.uz savdo maydonchasi tashkil etish etildi va hunarmandlar orasida ushbu platformani ommalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Uyushma tomonidan hunarmandchilik mahsulotlari savdosini yanada rivojlantirish, milliy katalog kiritilgan hamda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlarga oʼz mahsulotlarini realizatsiya qilishda koʼmaklashish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda xam UzCRAFT.com kanal va guruhlari tashkil etildi. Ushbu kanallarda hozirgi kunda 300 yuzga yaqin hunarmandlarning mahsulotlari joylanib ularni onlayn savdosini tashkil etish boʼyicha targʼibot ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, Art-Hunar.uz, ceramic_uz, Master Wood, Human House va shu kabi boshqa internet doʼkonlar bilan hamkorlik oʼrnatilib ETSY xalqaro onlayn savdo platformasida “UzbekCraftAndArt” savdo doʼkoni ochildi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati