Hunarmand uyushmasi > Kulollar

Kulolchilik

Kulollik, kulolchilik – hunar­mandchi­likning loy (gil)dan turli buyumlar (terrakota, sopol idish, qurilish materiallari va boshqalar) tayyorlaydigan turi. Kulollikda asosiy xomashyo – tuproq. Kelib chiqishi va tarkibi turlicha bo‘lgan tup­roqlardan turli xil kulollik mahsulotlari tayyorlanadi. Loy qancha ko‘p pishitilsa, sopolning sifati shuncha yaxshi bo‘ladi. Kulollikda asosiy qurol kulollik charxi, usta unda idishlar tayyorlaydi va ularga shakl beradi. Tayyorlangan idish­lar quritilib, xumdonda qizdiriladi. Idishlarning turlariga ko‘ra, xumdonlar ham turlicha (katta-kichik) bo‘lishi mumkin. Sirlanadigan idishlar sirlanganidan so‘ng yana bir bor xumdonda qizdiriladi. Odatda, kulollar ma’lum idishlar ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashgan bo‘ladilar (masalan, kosagar, ko‘zagar, koshinpaz, tandirchi va boshqalar).

Kulollar

Rishton an'anaviy kulolchilik maktabi namoyondalari