Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Farg‘ona viloyati > Usta hunarmand – senator

Usta hunarmand – senator

Bugun Farg‘ona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini saylash bo‘yicha Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis qarori bilan bilan quyidagilar Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandilar:
1. Shuhrat Madaminovich G‘aniev – Farg‘ona viloyati hokimi
2. Lola Ne’matovna Murotova – «Nurli Obod» fermer xo‘jaligi rahbari, O‘zbekiston Qahramoni
3. Robaxon Anvarovna Mahmudova – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasi mudiri
4. Ibrohimjon Ashiralievich Sultonov – «Ibrohimjon gilamlari» xususiy ishlab chiqarish korxonasi rahbari
5. Topvoldi Xoldorov – O‘zbekiston faxriylarini faoliyatini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi
6. Enaxon Siddiqova – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi
Bizni quvontirgani Farg‘ona viloyatidan saylangan senatorlar orasida Marg‘ilonlik ipakchilar sulolasini uchunchi vakili, «Xunarmand» uyushmasi a’zosi, usta hunarmand Sultonov Ibroximjon Ashiralievich saylandi. Albatta, usta hunarmand uyushmaga a’zo bo‘lish bilan birga «Ismoiljon gilamlari» xususiy ishlab chiqarish korxonasini ochib, atlas va adras hamda ipak gilamlari ishlab chiqaradi.
Bugungi kunda uning korxonasida 2500 dan ortiq ishchi faoliyat ko‘rsatadi. Uyushma a’zosi sifatida yurtimizda o‘tkaziladigan ko‘rgazmalarda o‘zi ijod qilgan hunarmandchilik mahsulotlari bilan ishtirok etib kelayotgan mashhur hunarmanddir.

«Hunarmand» uyushmasining
Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i Rasuljon Mirzaahmedov

Author: Uyushma axborot xizmati