Uyushmaga qanday aʼzo bo‘lish mumkin?

I. O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” Uyushmasiga aʼzo bo‘lish.

1.1. Uyushmaga O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari bilan tasdiqlangan hunarmandchilik yoʼnalishlari bo‘yicha hunarmandchilik mahsulotlari yaratayotgan, Uyushma Badiiy kengashi qarori bilan aniqlangan hunarmandchilik yo‘nalishi ko‘rsatilgan, ustavni tan olgan, aʼzolikka qabul qilishdagi va aʼzolik vaqtidagi badallarni to‘lashga rozi bo‘lgan, Uyushma faoliyatida faol qatnashish istagini bildirgan, aʼzolikka qabul qilish vaqtida qonun hujjatlariga muvofiq mehnat qilish huquqiga ega boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʼlmagan shaxslar va chet el fuqarolari aʼzo boʼlishi mumkin.

1.2. Uyushmaga aʼzo boʼlish uyushma raisi nomiga yozilgan ariza orqali amalga oshiriladi. Аriza 3 ish kuni mobaynida koʼrib chiqiladi va ariza muallifiga maʼlum qilinadi.

1.3. Аrizani Uyushma Badiiy kengashi koʼrib chiqadi, tasdiqlangan hunarmandchilik faoliyatining asosiy yoʼnalishlariga asosan hunar turini aniqlab qaror chiqaradi.

1.4. Uyushma aʼzoligiga qabul qilinganlik holati, belgilangan aʼzolik toʼlov badallari toʼlangandan keyin maxsus guvohnoma berish orqali tasdiqlanadi.

1.5. Oʼzbekiston Respublikasi xalq hunarmandchiligi sanʼati sohasiga koʼp yillar davomida katta hissa qoʼshgan xalq ustalari va hunarmandlari, shuningdek 10-15 yilgacha hunarmandchilikni rivojlantirishda oʼz hissasini qoʼshgan uyushma xodimlari uyushma Boshqaruv Kengashining qaroriga asosan Uyushmaning faxriy aʼzolari deb eʼtirof etilishlari mumkin.

1.6. Uyushmaga qabul qilingan aʼzoga Badiiy Kengash qarori, yillik aʼzolik badali toʼlanganligi toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma. Uyushma va hunarmand oʼrtasidagi shartnoma va yagona shakldagi aʼzolik guvohnomasi beriladi.Uyushma aʼzoligiga qabul qilishda yillik aʼzolik badali eng kam ish haqining 1 barobaridan 6 barobari miqdorida toʼlanadi.

1.7. Uyushma aʼzoligidan chiqish ixtiyoriy tartibda aʼzoning arizasiga asosan tegishli ravishda uyushma raisi yoki xududiy boʼlinmalari rahbarlarining qarori bilan amalga oshiriladi. Аʼzolikdan mahrum qilish uyushmaning tegishli Kengash raisi yoki xududiy boshqarma boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi. Аʼzolikdan mahrum boʼlish uyushmaning ustavi talablarini qoʼpol ravishda buzgan yoki aʼzolik badallarini oʼz vaqtida toʼlamagan aʼzolarga nisbatan koʼllaniladi va Uyushma raisi, boʼlinmalar rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.

1.8. Аʼzolikdan chiqarishda shaxs tomonidan muqaddam toʼlangan kirish va aʼzolik badallari, shuningdek, Uyushma egaligiga berilgan mulk va mablagʼlar qaytarilmaydi.

1.9. Uyushma aʼzolari hisobi ular joylashgan joylarda Uyushma va uning xududiy boshqarmalari tomonidan olib boriladi.

II. Uyushma aʼzolarining huquqlari:

– Uyushma aʼzoligiga qabul qilishga rad javobini olganda yoki Uyushma aʼzoligidan chiqarilganda bundan norozi boʼlgan taqdirda, bu haqda shikoyat bilan Uyushma rahbar organiga murojaat kilish.
– Oʼrnatilgan tartibda roʼyxatdan oʼtib yakka tadbirkor sifatida tadbirkorlik faoliyatini olib borish;
– ijod erkinligi, ishlab chiqarilgan mahsulot va buyumlarni mustaqil sotish va oʼzlarining ijodiy ustaxonalari, savdo doʼkonlarini ochish;
– Uyushma tomonidan koʼrsatilayotgan barcha turdagi xizmatlar va yordamlardan foydalanish;
– respublika va xalqaro ijodiy uyushmalar tomonidan tashkil kilingan tadbirlarda qatnashish;
-Uyushma aʼzoligidan chiqmoqchi boʼlgan hunarmandlar aʼzolik davri uchun mavjud aʼzolik badallaridagi qarzdorligini toʼlagandan soʼng, ularning aʼzolik guvohnomasi bekor qilinadi;
– Uyushma aʼzolari qonun xujjatlarida belgilangan imtiyozlarga ega boʼladi.

III. Uyushma aʼzolarining majburiyatlari:

– taʼsis xujjatlarida va ushbu ustavda belgilangan talablarga amal kilish va olgan majburiyatlarini bajarish;
– uyushma faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etish;
– belgilangan aʼzolik badallarini har yil oʼz vaqtida toʼlash;
– Uyushma tomonidan oʼtkaziladigan koʼrgazmalar, turli tadbirlarda faol ishtirok etish;
– Uyushma aʼzolari chet davlatlarda oʼtkaziladigan xalqaro tadbirlarda, koʼrgazma va seminarlarda hamda boshqa tadbirlarda ishtirok etishi haqida Uyushma rahbarini xabardor qilish;
– “Usta-shogird” maktablarini tashkil etish va yoshlarni kasb-hunarga oʼrgatish;
– Ijtimoiy tadbirlarni oʼtkazishda Uyushma fondini xalq amaliy sanʼati mahsulotlari bilan toʼldirish;
– Uyushma aʼzolari Uyushmaga toʼlangan aʼzolik badallariga boʼlgan xuquqlarini saqlab qolmaydilar. Ular Uyushma majburiyatlari boʼyicha javob bermaydilar, Uyushma esa oʼz navbatida oʼz aʼzolarining majburiyatlari boʼyicha javob bermaydi.
– Uyushma aʼzolari oʼzlarining mol-mulklari bilan ishlab chiqarishni va Usta-shogird” maktablarini tashkil qilishadi va ishtirok etishlari mumkin,
aʼzolar “Usta-shogird” maktablari tashkil kilish uchun berilgan mol-mulkni istagan paytda olib chiqib ketishi mumkin.
– Uyushma aʼzosi tadbirkorlik faoliyatini faqat oʼrnatilgan tartibda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʼyxatidan oʼtgandan soʼng amalga oshiradi.

IV. Uyushma aʼzolarining tadbirkorlik faoliyati xususiyatlari:

– Xalq amaliy sanʼati va milliy hunarmandchilik bilan shugʼullanayotgan shaxslarning “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi sifatida qabul qilinishi xunarmandga, xalk amaliy sanʼati ustasiga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʼullanishga toʼgʼridan toʼgʼri xuquq bermaydi.