Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayxo Bahriddinovna Mahkamova Boysun tumaniga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayxo Bahriddinovna Mahkamova Boysun tumaniga tashrif buyurdi

Boysun tumani azaldan-azal insoniyat ma’naviy-ma’rifiy tarixi uchun umumbashariy qadriyatlar, urf-odatlar rivojida beshik vazifasini o‘tagan diyor hisoblanadi. Ayni damda Boysun tumani umuminsoniy nomoddiy meros sivilizatsiyasi o‘chog‘i sifatida YUNESKO tomonidan e’tirof qilinishida ham aynan Boysun tumani va unda yashovchi usta hunarmandlarning o‘rni va shukuhi beqiyosdir. Boysun tumanida bugungi kunda 39 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, milliy…

Boysun tumani azaldan-azal insoniyat ma’naviy-ma’rifiy tarixi uchun umumbashariy qadriyatlar, urf-odatlar rivojida beshik vazifasini o‘tagan diyor hisoblanadi. Ayni damda Boysun tumani umuminsoniy nomoddiy meros sivilizatsiyasi o‘chog‘i sifatida YUNESKO tomonidan e’tirof qilinishida ham aynan Boysun tumani va unda yashovchi usta hunarmandlarning o‘rni va shukuhi beqiyosdir.

Boysun tumanida bugungi kunda 39 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, milliy hunarmandchiligimizni rivojlanishida tub joy aholining chopondo‘zlik, do‘ppichilik, kashidachilik, temirchilik, kulolchilik kabi azaliy durdonalaridan foydalanib kelishi ayni damda xalqimizning uzoq yillik tarix silsilalariga borib taqalishi bejizmas.  Bugun Bosh vazirning o‘rinbosari Zulayxo Bahriddinovna Mahkamova Boysun tumaniga tashrif buyurib, tumandagi “Tuzbozor” mahallasida joylashgan “Hunarmandlar” markazida faollar, xotin-qizlar, tadbirkor ayollar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Dastavval “Hunarmandlar” markazi faoliyati, yaratilgan sharoitlar, qadimiy eksponatlar jam bo‘lgan muzey ko‘zdan kechirildi. Ushbu “Hunarmandlar” markazida bir vaqtning o‘zida to‘qish va tikish uchun mahsulotlarni tayyorlash, tayyor bo‘lgan mahsulotdan esa qo‘l mehnati orqali gilamdo‘zlik, so‘zanachilik, kashidachilik, do‘ppido‘zlik hamda boshqa turdagi hunarmandchilik mahsulotlarining tayyorlanishi alohida e’tirof etildi.

Author: Uyushma axborot xizmati