Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Karmana tumanida boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi

Karmana tumanida boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi

Karmana tumanidagi “Yangi ariq” mahallasi hududida boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi.Yarmarkada tumandagi 50 ga yaqin davlat tashkilotlari, 10 dan ortiq xususiy sektor tashkilotlari mavjud 370 ta boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi. Jarayonda 23 nafar fuqaroga tumandagi korxona va tashkilotlarda mavjud ish oʻrinlariga joylashtirish uchun yoʻllanmalar berilib, 9 nafar fuqaro haq toʻlanadigan jamoatchilik…

Karmana tumanidagi “Yangi ariq” mahallasi hududida boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi.Yarmarkada tumandagi 50 ga yaqin davlat tashkilotlari, 10 dan ortiq xususiy sektor tashkilotlari mavjud 370 ta boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi.

Jarayonda 23 nafar fuqaroga tumandagi korxona va tashkilotlarda mavjud ish oʻrinlariga joylashtirish uchun yoʻllanmalar berilib, 9 nafar fuqaro haq toʻlanadigan jamoatchilik asosida ishga qabul qilindi. Shuningdek, kasb-hunar oʻrganish istagida boʻlgan 5 nafar fuqarolarga “Ishga marhamatʻ monomarkazi tomonidan yoʻllanmalar berildi.

Tuman hokimi Valijon Adizov, hokimning birinchi oʻrinbosari Sh.Zayniyev, tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi masʻullari hamda hamkor tashkilotlar ishtirok etishdi. Mazkur yarmarkada 8 nafar usta hunarmandlar ham oʻz qoʻl mehnati mahsulotlari bilan koʻrgazma-savdosi orqali ishtirok etishdi.

Author: Uyushma axborot xizmati