Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > Rossiyalik blogerlar va «Mir» telekanali Fargʼona viloyatida

Rossiyalik blogerlar va «Mir» telekanali Fargʼona viloyatida

Oʼzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʼmitasi koʼmagi bilan Rossiya Davlatidan bir guruh bloger hamda «Mir» telekanali xodimlari Oʼzbekistonga tashrif buyurdilar. Ular Oʼzbekistonning turizm jozibasi haqida maqolalar hamda film tasvirga olishni rejalashtirgan.
Shu maqsadda 15-16 mart kunlari mehmonlar Margʼilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazida hamda Margʼilonlik Ibroximjon Аsqarov, Rishtonlik usta kulollar Аlisher Nazirov, Rustam Usmonov ustaxonalarida boʼlib, usta hunarmandlarning hayoti, ijodi hamda hunarmandchilik mahsulotlari va mahorat darslari borasida turkum lavhalar tayyorlamoqdalar.
Rossiyadan tashrif buyurgan guruh 22-mart kunigacha Fargʼona viloyatidan tashqari Xorazm, Buxoro va Samarqand viloyatlarida ham boʼlishadi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati