Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > YOSH HUNARMANDLAR FESTIVALI

YOSH HUNARMANDLAR FESTIVALI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi PQ-4539-sonli “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Muzrabot tumanida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun ham tuman markazidagi “Shodlik” istirohat bog‘ida Muzrabot tumani prokurori Xo‘jamuradov Islombek Rustamovich tashabbusi bilan YOSH HUNARMANDLAR FESTIVALI tuman hokimligi,   xotin-qizlar tadbirkorlik markazi, Yoshlar ishlari agentligi…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi PQ-4539-sonli “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Muzrabot tumanida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun ham tuman markazidagi “Shodlik” istirohat bog‘ida Muzrabot tumani prokurori Xo‘jamuradov Islombek Rustamovich tashabbusi bilan YOSH HUNARMANDLAR FESTIVALI tuman hokimligi,   xotin-qizlar tadbirkorlik markazi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.

Ushbu festivalda tuman bo‘ylab 50 nafarga yaqin hunarmandlar o‘z qo‘l mehnatlari bilan qatnashdilar. Hunarmandlarimizning to‘quvchilik, milliy liboslar, gilamdo‘zlik, milliy kashtachilik, gulchilik, o‘ymakorlik, ixtirochilik va shu kabi turli xil qo‘l mehnati bilan tayyorlagan hunarmandchilik mahsulotlari hakamlar tomonidan odilona baholandi.

Baholash natijalariga ko‘ra hunarmandlarimizga tuman prokurorining diplom va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Mazkur festivalni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad tumanda milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san’atini rivojlantirish, bu orqali xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy an’analarini to‘liq saqlab qolish, band bo‘lmagan aholini, ayniqsa yoshlar, ayollar va kam ta’minlangan oilalarni hunarmandchilikka keng jalb etish orqali ularning ish bilan bandligini ta’minlashdir.

Author: Uyushma axborot xizmati