Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti rahbari Beate Shorayt amaliy tashrif bilan Namanganda bo‘ldi

Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti rahbari Beate Shorayt amaliy tashrif bilan Namanganda bo‘ldi

Namangan bilan bog‘liq tadbir va rejalarimiz juda katta”, – Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti – GIZ loyihalar rahbari Beate Shorayt amaliy tashrif bilan Namanganda bo‘ldi. Viloyat hokimi o‘rinbosari Botir Nuriddinov bilan o‘tkazilgan uchrashuvda, yangi loyihalar, hamkorlikning yangi qirralari muhokama etildi. Turizmni alohida yo‘nalishlarini rivojlantirish, bu bo‘yicha strategiya ishlab chiqish lozimligi ta’kidlandi. Botir Nuriddinov viloyat turizmi, hunarmandchilik…

Namangan bilan bog‘liq tadbir va rejalarimiz juda katta”, – Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti – GIZ loyihalar rahbari Beate Shorayt amaliy tashrif bilan Namanganda bo‘ldi. Viloyat hokimi o‘rinbosari Botir Nuriddinov bilan o‘tkazilgan uchrashuvda, yangi loyihalar, hamkorlikning yangi qirralari muhokama etildi. Turizmni alohida yo‘nalishlarini rivojlantirish, bu bo‘yicha strategiya ishlab chiqish lozimligi ta’kidlandi.

Botir Nuriddinov viloyat turizmi, hunarmandchilik yo‘nalishlarini rivojlantirish borasidagi o‘zaro hamkorlik uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Shuningdek, uchrashuvda Namangan viloyati turizm salohiyati, Axsikent tarixiy yodgorligi, Chust pichoqchiligi an’analarini targ‘ib etish va hunarmandchilik va AyTi sohalarda hamkorlikni o‘rnatish bo‘yicha rejalar muhokama kilindi. Kunning ikkinchi qismida mehmonlar SilkGranat milliy hunarmandchilik markazi faoliyati bilan tanishdilar.

Author: Uyushma axborot xizmati