Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Hunarmand” uyushmasining Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan zardoʼz ustaxonasiga uchrashuv oʼtkazdi

“Hunarmand” uyushmasining Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan zardoʼz ustaxonasiga uchrashuv oʼtkazdi

Zardoʼzlik amaliy sanʼatning zar (tilla va kumush suvi yuritilgan) ip, nozik sim, ipak bilan kashta tikib bezak yaratadigan sohasi. Toʼrtburchak chambarakka (korchoʼpga) oʼrnatilgan baxmal, shoyi, movut, charm va boshqa matolarga zardoʼzi usulida kashta (gul, naqsh, tasvir) tikiladi. Kashtada baʼzan metall, tosh, shisha munchoklar ham ishlatiladi, turli matolar (baxmal, shoyi va boshqalar)dan quroq qilinadi. Oldindan tayyorlangan (rassomlar tomonidan yaratilgan mujassamot nusxasi kuchirilgan) axta qogʼozlardan keng foydalaniladi. Matoga mustahkamlangan (tikilgan yoki yopishtirilgan) axta qogʼoz zar ip bilan bir tomonlama qoplab tikiladi (mustahkamlovchi chok uchun zar ipga moe rangdagi ipdan foydalaniladi), natijada naqshgul yuzasi zar iplar bilan qoplanadi, matoning teskarisida naqshgul shakligina hosil boʼladi. Zardoʼzlar bezak yaratishda bir necha usulni qoʼllaydilar: zardoʼzi zamindoʼzi va zardoʼzi guldoʼzi, shuningdek, birishimdoʼzi (ipak ishlatilganda), pulakdoʼzi (tugmasimon metall yaproqchalar qoʼllanganda) va boshqalar.
Hunarmand uyushmasining Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan usta hunarmand Baxshulla Jumaev ustaxonasiga bir guruh xotin-qizlarni hunarga jalb etish maqsadida uchrashuv oʼtkazildi.
Uchrashuvda xotin-qizlarda hunarmandchilik koʼnikmalarini shakllantirish, ularni hunarga jalb etish orqali ish oʼrinlari yaratish masalasiga eʼtibor qaratildi.
Usta hunarmand B.Jumaev oʼz hunar sirlarini mahorat darsi orqali tushuntirib berdi. Ishtirokchilarga zardoʼzlik hunariga qiziqish uygʼondi va zardoʼzlik hunar bilan shugʼullanish istagi bor ishtirokchilar oʼz takliflarini bildirdi va ularga usta-shogird anʼanasi asosida zardoʼzlik hunari oʼrgatiladi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati