"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Buxoro > “Hunarmand” uyushmasi raisi U. Аbdullaev Buxoro viloyatiga tashrifi davomida viloyatdagi hunarmandchilik ob’ektlari bilan tanishdi

“Hunarmand” uyushmasi raisi U. Аbdullaev Buxoro viloyatiga tashrifi davomida viloyatdagi hunarmandchilik ob’ektlari bilan tanishdi

    “Hunarmand” uyushmasi raisi U. Аbdullaev Buxoro viloyatiga tashrifi davomida viloyatdagi hunarmandchilik obʼektlari bilan tanishdi.
Kogon tumanida gʼijduvonlik kulollar sulolasining davomchisi Аlisher Narzullaev usta-shogird maktabi tashkil etildi. Said mir kulol ziyoratgohi yonida joylashgan usta-shogird maktabida galereya va ustaxona faoliyati yoʼlga qoʼyiladi, yoshlar kulollik sirlarini oʼrganish imkoniga ega boʼladilar.

    Shuningdek, U . Аbdullaev Buxoro shahrida faoliyat koʼrsatayotgan Usta Davron Toshev miniatyura markazi ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Markazda Buxoro ipak qogʼozini tayyorlashdan tortib minatyura asarlari yaratishgacha boʼlgan jarayonlar amalga oshiriladi. Shu yerda tashkil etilgan tut plantatsiyalarida yetishtirilgan tut daraxti poʼstlogʼidan qadimiy texnologiyalar asosida Buxoro ipak qogʼozi tayyorlanadi. Markaz turistik marshrutga kiritilgan boʼlib, sayyohlar tashrif buyuradigan eng chiroyli hunarmandchilik markazlaridan biridir.

Uyushma Аxborot xizmati