Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Namangan davlat universitetida “Yosh havaskorlar” amaliy san’at ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

Namangan davlat universitetida “Yosh havaskorlar” amaliy san’at ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

2022 yil 2 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaroriga asosan 30 yoshgacha bo‘lgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalari o‘rtasida Namangan davlat universitetida “Yosh havaskorlar” amaliy san’at ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda 50 nafardan ortiq yoshlar o‘zlarining ( naqqoshlik, ganjkorlik, kashtachilik, kulolchilik, to‘quvchilik, hattotlik, zardo‘zlik) yaratgan san’at asarlari bilan…

2022 yil 2 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaroriga asosan 30 yoshgacha bo‘lgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalari o‘rtasida Namangan davlat universitetida “Yosh havaskorlar” amaliy san’at ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda 50 nafardan ortiq yoshlar o‘zlarining ( naqqoshlik, ganjkorlik, kashtachilik, kulolchilik, to‘quvchilik, hattotlik, zardo‘zlik) yaratgan san’at asarlari bilan ishtirok etdi

Ko‘rik tanlovda faol ishtirok etib 1, 2, 3-o‘rin olgan  yosh talaba va o‘quvchilar Respublika ko‘rik-tanlovida ishtirok etish uchun yo‘llanma oldilar.

Author: Uyushma axborot xizmati