Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Hunarmand” uyushmasining tuman bo‘limi bilan hamkorlikda hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarga tikuv mashinalari ajratilishi ta’minlandi

“Hunarmand” uyushmasining tuman bo‘limi bilan hamkorlikda hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarga tikuv mashinalari ajratilishi ta’minlandi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tuman prokuraturasi tomonidan “Hunarmand” uyushmasining tuman bo‘limi bilan hamkorlikda hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar bilan o‘tkazgan sayyor qabulida hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida ikki nafar ehtiyojmand va imkoniyati cheklangan fuqarolar tikuvchilikka jalb qilinib, ularga tikuv mashinalari ajratilishi ta’minlandi. “Kechagina tuman prokurorining hunarmandlar bilan bo‘lib o‘tgan sayyor qabulida tikuv mashinasi so‘rab…

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tuman prokuraturasi tomonidan

“Hunarmand” uyushmasining tuman bo‘limi bilan hamkorlikda
hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar bilan o‘tkazgan sayyor qabulida hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida ikki nafar ehtiyojmand va imkoniyati cheklangan fuqarolar tikuvchilikka jalb qilinib, ularga tikuv mashinalari ajratilishi ta’minlandi.
“Kechagina tuman prokurorining hunarmandlar bilan bo‘lib o‘tgan sayyor qabulida tikuv mashinasi so‘rab qilgan murojaatim 1 kun ichida ijobiy yechimini topib bugun, prokurorimiz Nodirbek Azizovning o‘zlari kelib tikuv mashinasini topshirib ketdilar. Ochig‘ini aytsam murojaatim bunchalik tez hal bo‘ladi deb o‘ylamagandim. Buning uchun prokurorimizga hamda mutasaddilarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman”,-deydi M.Xasanova.

Author: Uyushma axborot xizmati