Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Yoponiyani zabt etamiz

Yoponiyani zabt etamiz

O‘zbekistonning Yaponiyadagi muxtor elchisi M.Abduraxmonov Farg‘ona viloyatiga qilgan tashrifida “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i R.Mirzaaxmedov hamda Marg‘ilon shahridagi “Hunarmandlar markazi” rahbari I.Sultonov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan hunarmandlarni mahsulotlarini Yaponiyadagi Narita aeroportidagi “DUTY FREE” savdo tarmoqlarida savdo nuqtasi ochish orqali sotish imkoniyatlari muhokama qilindi.

O‘zbekistonning Yaponiyadagi vakolatxonasi ko‘magi bilan ushbu savdo nuqtalarida hunarmandlarni mahsulotlarini sotish uchun bepul savdo nuqtasi tashkil etilmoqda.

Uchrashuvda mahsulotlarni savdo nuqtasiga joylashtirish va sotish, mahsulotlarni yetkazib berish masalalari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Author: Uyushma axborot xizmati