Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Hunarmand” uyushmasi “Alwaleed Philanthropies”tashkiloti bilan ikki tomonlama kelushuvga erishildi

“Hunarmand” uyushmasi “Alwaleed Philanthropies”tashkiloti bilan ikki tomonlama kelushuvga erishildi

2021 yilda Respublika “Hunarmand” uyushmasi hamda Sudiya Arabistonining “Alwaleed Philanthropies” tashkiloti bilan hamkorlikda ” Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani “Sarimoy” qishlog‘ida gilamchilikni rivojlantirish loyihasi” bo‘yicha grant loyihasi amalga oshirilgan edi. Ushbu loyihani moliyalashtirish bo‘yicha Respublika “Hunarmand” uyushmasi “Alwaleed Philanthropies”tashkiloti bilan ikki tomonlama kelushuvga erishildi. Loyihaning umumiy qiymati 150 000 AQSH dollar bo‘lib, birinchi bosqich uchun 50…

2021 yilda Respublika “Hunarmand” uyushmasi hamda Sudiya Arabistonining “Alwaleed Philanthropies” tashkiloti bilan hamkorlikda ” Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani “Sarimoy” qishlog‘ida gilamchilikni rivojlantirish loyihasi” bo‘yicha grant loyihasi amalga oshirilgan edi.

Ushbu loyihani moliyalashtirish bo‘yicha Respublika “Hunarmand” uyushmasi “Alwaleed Philanthropies”tashkiloti bilan ikki tomonlama kelushuvga erishildi.

Loyihaning umumiy qiymati 150 000 AQSH dollar bo‘lib, birinchi bosqich uchun 50 000 AQSH dollar miqdoridagi mablag‘ uyushma hisob raqamiga o‘tkazildi.

Hozirgi kungacha ayollarni o‘qitish uchun kerakli jihozlar sotib olindi. Shuningdek, o‘tgan 2021 yilning oktyabr oyida ushbu markazga ip yigirish va gilam to‘qish bo‘yicha mutaxassislar taklif qilinib, 30 nafar ayollar va yoshlarga 10 kunlik seminar-treninglar o‘tkazildi.

Ayni paytda “Sarimoy” qishlog‘ida joylashgan markaz faoliyatini kengaytirish va qish faslida hunarmandlarga sharoit yaratish maqsadida binoni kapital ta’mirlash ishlari yakunlandi.

Loyihada ko‘zlangan asosiy maqsad hududdagi ishsiz ayollar va yoshlarga gilamchilik sirlarini o‘rgatish orqali ularning daromad manbaini yaratish. Loyiha yakunida hunarmandlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar galereyasi tashkil qilinadi hamda ushbu markaz turistik yo‘nalishga kiritiladi.

“Tuproqqal’a tumani “Sarimoy” qishlog‘ida gilamchilikni rivojlantirish loyihasi” doirasida amalga oshirilgan ishlar borasidagi fotolavhalarni e’tiboringizga havola etamiz.

Author: Uyushma axborot xizmati