Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Diqqat logo tanlov !!!

Diqqat logo tanlov !!!

2022 yilning 10–15 sentyabr kunlari Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi logotipi uchun tanlov e’lon qilinadi. Tanlovda professional reklama kompaniyalari, agentliklar bilan bir qatorda jismoniy shaxslar (frilanserlar, hunarmandlar, talabalar va h.k) ham ishtirok etishi mumkin. Logotipning o‘ziga xos versiyasini ishlab chiqing va ta’rifini qisqacha bayon eting. Tanlovning mukofot…

2022 yilning 10–15 sentyabr kunlari Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi logotipi uchun tanlov e’lon qilinadi.

Tanlovda professional reklama kompaniyalari, agentliklar bilan bir qatorda jismoniy shaxslar (frilanserlar, hunarmandlar, talabalar va h.k) ham ishtirok etishi mumkin.

Logotipning o‘ziga xos versiyasini ishlab chiqing va ta’rifini qisqacha bayon eting.

Tanlovning mukofot fondi:

  • birinchi o‘rin uchun 5 000 000 (besh million) so‘m,
  • ikkinchi o‘rin uchun 3 000 000 (uch million) so‘m,
  • uchinchi o‘rin uchun 2 000 000 (ikki million) so‘mni tashkil etadi.

Eng yaxshi deb topilgan 3 ta ishlanma festivalning tashkiliy qo‘mitasi e’tiboriga taqdim etiladi.

Tanlovga taqdim qilingan ishlanmalar 2022 yil 1 mart soat 14:00 gacha qabul qilinadi.

2022 yilning 10 mart kuni g‘olib e’lon qilinadi va uning logotipi forumi ramziga aylanadi.
Tanlov shartlari va texnik topshiriqlari bilan quyidagi saytda tanishib chiqishingiz mumkin. www.handicraftman.uz.

Grafik fayl va ta’rif matnini, shuningdek, muloqot uchun ma’lumotlarni quyidagi elektron pochtaga jo‘nating info@handicraftman.uz
Murojaat uchun telefon: (+371) 279-80-88

Author: Uyushma axborot xizmati