"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Yoshlar markazi binosida “Yangi O‘zbekiston -yangi dunyoqarash” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

Yoshlar markazi binosida “Yangi O‘zbekiston -yangi dunyoqarash” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining  Toshkent viloyati Chirchiq shahar bo‘limi  va “Milliy tiklanish”  demokratik partiyasi bilan hamkorlikda Yoshlar markazi binosida “Yangi O‘zbekiston -yangi dunyoqarash” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda band bo‘lmagan yoshlar, ayollar va hunarmandlar ishtirok etdilar. Shahardagi “temir daftarga” kiritilgan ayollar 2 oy mobaynida uyushma tomonidan “Oddiy metallardan yasalgan milliy taqinchoqlar” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslarda…

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining  Toshkent viloyati Chirchiq shahar bo‘limi  va “Milliy tiklanish”  demokratik partiyasi bilan hamkorlikda Yoshlar markazi binosida “Yangi O‘zbekiston -yangi dunyoqarash” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda band bo‘lmagan yoshlar, ayollar va hunarmandlar ishtirok etdilar. Shahardagi “temir daftarga” kiritilgan ayollar 2 oy mobaynida uyushma tomonidan “Oddiy metallardan yasalgan milliy taqinchoqlar” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslarda o‘qitildi va hunarli bo‘lgan 10 nafar ayollarga sertifikatlar topshirildi. Shu bilan birga yil davomida turli ko‘rik tanlovlar va ko‘rgazmalarda ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan hunarmandlar ham munosib takdirlandilar.

Milliy kadriyatlarimizni rivojlantirib, ularni kelajak avlodga yetkazib berishda o‘tkazilayotgan shu kabi tadbirlar kelgusida yoshlarning hunar o‘rganib, ularga imkon eshiklarini ochib beradi.