Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va hunarmandchilikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

“Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va hunarmandchilikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

    2020 yil 29 may kuni Andijon Davlat Universiteti binosida viloyatdagi 4- sektor rahbarlari ishtirokida “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va hunarmandchilikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

    O‘quv seminarda O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullaev ma’ruza qildi.

  Uyushma rahbari “Hunarmand” uyushmasi tomonidan Andijon viloyat hunarmandlari faoliyatida aniqlangan muammolarni o‘rganish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirishni amalga oshirish bo‘yicha mexanizm ishlab chiqilganligini va uni amalga oshirish tizimi haqida gapirdi. Jumladan, Viloyatda mavjud kambag‘al oilalarni hunarmandchilikka jalb qilish orqali bandligini ta’minlash va 3278 ta yangi ish o‘rni yaratilishi bunda hunari bor fuqarolarni aniqlash, ularni uyushma a’zoligiga imtiyozli tarzda qabul qilish (zarur mablag‘ miqdorini aniqlash); hunarmandchilikka qiziqishi bo‘lgan yoshlarni tajribali hunarmandlarga shogird sifatida biriktirish, ularni faoliyat yuritishlari uchun zarur asbob-anjomlar bilan ta’minlash (xarajatlar smetasini tuzish); hunarmandchilikning talab yuqori bo‘lgan turlari bo‘yicha tashkil etiladigan o‘quv kurslariga aholini ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarni jalb qilish (bunda hunar turlarini aniqlash, ustalar bilan shartnoma imzolash, o‘quv kurslari uchun joy ajratish, xarajatlar smetasini ishlab chiqish).kerakligini ta’kidladi. Yuqoridagi tadbirlarni moliyalashtirish masalasida a’zo qilingan hunarmandlarga moliya muassasalari ko‘magida zarur miqdorda kredit ajratish (biznes reja ishlab chiqish, zarur uskuna va xomashyoga shartnoma imzolash, garov mulki yoki kafillikni rasmiylashtirish); bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan usta-shogird maktablarida faoliyat yuritayotgan ustalarga oylik ish haqi to‘lash, homiylar tomonidan maktabni zarur asbob-uskuna va dastlabki xomashyo bilan ta’minlash; usta-shogird maktablari uchun yetarli darajada ta’minlangan ustaxonalar ajratish. Hunarmandchilik mahsulotlarini sotish mexanizmi to‘g‘risida viloyatdagi mavjud 26 ta bozorning 219 ta rastalari va tuman (shahar)laridagi 250 ta savdo do‘konlari orqali; Uyushma qoshidagi www.uzcraft.com, www.alibaba.com, www.Etsy.com internet-magazinlari orqali;Respublikadagi mavjud turistik marshrutdagi 1672 ta do‘konlar orqali; “Hunarmand” uyushmasi qoshidagi “Craft ant Art“ MChJ orqali;Respublika va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan “O‘zbekiston sovg‘alari”, “Ipak va ziravorlar”, “Xalqaro hunarmandchilik festivali” kabi tadbirlar orqali;Davlat xaridlari yo‘nalishida www. uzex.uz da savdo platformalari orqali;Xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazmalarda hunarmandlarning qatnashishlarini ta’minlash orqali sotishni yo‘lga qo‘yish haqida ma’ruzada e’tibor qaratildi.

    Ulug‘bek Abdullaev o‘z ma’ruzasida viloyatda mavjud kambag‘al oilalarni hunarmandchilikka jalb qilish orqali bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida takliflarni gapirib o‘tdi. Jumladan, Viloyatning eng chekka hududlarining infrastrukturasidan kelib chiqib, kichik (mini) hunarmandchilik bozorlarini tashkil etish. Hunarmandlar mahsulotlari onlayn savdosini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish.Hunarmandlarga faoliyatini yanada rivojlantirish va kengaytirishlari uchun bo‘sh turgan binolardan joylar ajratish.Mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘sh turgan binolarda usta-shogird maktablarini tashkil etish.Mavjud “Usta-shogird” maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, binolarini ta’mirlash, usta va shogirdlarni qo‘llab-quvvatlash, maktablarni hunarmandchilikka oid qo‘llanmalar bilan ta’minlash.”Usta-shogird” maktablarini tugatgan yoshlarga faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun dastlabki moddiy va ma’naviy ko‘makni berish. Hunarmandlarni zarur xomashyo va infratuzilma bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘yish. Aholi o‘rtasida hunarmandchilikni targ‘ib qilish va sohaga jalb qilish maqsadida targ‘ibot materiallarini ishlab chiqish va taqdimotini o‘tkazish.

   O‘quv-seminari qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘ldi. Sektor rahbarlari o‘z hududlarida hunarmandchilikni yanada rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi o‘z taklif va fikr mulohazalarini bildirdilar. Uyushma raisi Ulug‘bek Abdullaev barcha savollarga javob berdi. Jumladan, Xonobod tumanida hunarmandchilikni rivojlantirish borasidagi berilgan taklif yuzasidan viloyat boshqarma rahbari va respublikadan mas’ul xodim belgilandi va ushbu tumanda amaliy harkatlar boshlandi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati