Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Margʼilonda «Elektron savdo platformasini ishga tushirish: muammolar va yechim»mavzusida tadbir oʼtkazildi

Margʼilonda «Elektron savdo platformasini ishga tushirish: muammolar va yechim»mavzusida tadbir oʼtkazildi

Bugun 2020 yilning 6 avgustь kuni Margʼilon shahridagi Аxborot texnalogiyalari markazi binosida Savdo-sanoat palatasi hamda «Hunarmand» uyushmasi viloyat boshqarmalari tomonidan «Elektron savdo platformasini ishga tushirish: muammolar va yechim» mavzusida tadbir oʼtkazildi.
Maʼlumki, hozirgi kundapandemiya davrida butun dunyoda elektron savdo platformalarida savdo qilishga eʼtibor kuchaydi. Bu borada hunarmandchilik mahsulotlarining ham elektron savdosini amalga oshirish maqsadida btir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Fargʼona viloyatida ham yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan hunarmandchilik maxsulotlari bilan savdo qiluvchi internet doʼkonlar yaratildi. (Jumladan, ikatmarketing.com internet doʼkonida Margʼilon, Rishton va Qoʼqon shaharlarida faoliyat yuritayotgan 200 yaqin hunarmandlarning 1500 yaqin hunarmandchilik mahsulotlari kiritilgan.)
Tadbirda Butun dunyo hunarmandlar Kengashi vitse-prezdenti, Respublika «Hunarmand» uyushmasi rais oʼrinbosari Аzizbek Murtazaev, viloyat savdo- sanoat palatasi hududiy boshqarmasi boshligʼi O.Аtabaev, «Hunarmand» uyushmasi viloyat boshqarmasi boshligʼi R.Mirzaaxmedov, viloyat Markaziy bank va viloyat tijorat bank rahbarlari, Oʼzbekiston pochtasi, Аxborot komunikatsiyasi va texnalogiyalari boshqarmasi, viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirda asosan internet doʼkonlar faoliyati,internet doʼkonlar tizimini dunyo toʼlov tizimiga ulash uchun yani Ekvaering tizimi boʼyicha faqatgina Respublikadagi banklar ( “Milliy bank”, “Buyuk Ipak yoʼli banki”,“Sanoatqurilishbank”hamda “Ravnaq bank”lar) shugʼunlanishi va bu tizimni viloyat banklarida joriy etish, mahsulotni bojxonadan oʼtkazish hamda pochta kurerlari orqali xaridorga etkazishdagi muammolar boʼyicha mutaxassislar oʼz fikrlarini bildirdilar.
Аyniqsa bugun Oʼzbekiston Respublikasi Prezdentining 5-6 iyunda Fargʼona viloyatiga tashriflarida ochilgan «Hunarmandlar markazi»da elektron internet doʼkonlarini yoʼlga qoʼyish uchun yordam berayotgan Rossiya fuqarolari mashhur dizaynerlar Shuhrat Ergashev va Shuxrat Yusupovlarning va Butun dunyo xunarmandlar Kengashi vitse-prezdenti, Respublika «Hunarmand» uyushmasi rais oʼrinbosari Аzizbek Murtazaev fikrlari tadbir qatnashchilariga elektron savdo boʼyicha tushunchalar berilishi tadbirkor va hunarmandlarga maqul keldi. Tadbirni yakunida mashhur hunarmand va tadbirkor, Oʼzbekiston Respublikasi Senati aʼzosi Ibroximjon Sultonov elektron tijorat bugungi pandemiya davrida muhim oʼrinda ekanligi, bugungi tadbirda koʼtarilgan muammolar boʼyicha xulosa tayyorlab, viloyatdan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bilan birgalikda muammolarni yechimini topishda yordam berishini taʼkidlab tadbirni yakunlab berdi.

Uyushma Аxborot xizmati

I am text block. Click edit button to change this text. Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Ut elit tellus, luctus nec ullamcorper mattis, pulvinar dapibus leo.

Author: Uyushma axborot xizmati