Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik” festivalini o‘tkazish to‘g‘risida 15 mart kuni videokonferensiya aloqa shaklida yig‘ilish o‘tkazildi

“Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik” festivalini o‘tkazish to‘g‘risida 15 mart kuni videokonferensiya aloqa shaklida yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 apreldagi “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-5098-son qarori  hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 oktyabrdagi “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivalini o‘tkazishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 629-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining o‘rinbosari Turizm va madaniy meros vaziri, Xalqaro Zardo‘zlik va zargarlik festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 apreldagi “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-5098-son qarori  hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 oktyabrdagi “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivalini o‘tkazishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 629-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining o‘rinbosari Turizm va madaniy meros vaziri, Xalqaro Zardo‘zlik va zargarlik festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari A. Abduhakimov rahbarligida joriy yilning 15 mart  kuni videokonferensiya aloqa shaklida yig‘ilish o‘tkazildi.

Festivalga hay’at a’zolari va ishtirokchi sifatida har bir xorijiy mamlakatdan 6 nafargacha ijodiy delegasiyani taklif etishi rejalashtirilgan. Festival doirasida milliy hunarmandchilikning zardo‘zlik va zargarlik yo‘nalishi bo‘yicha mahsulotlar ko‘rik-tanlovini o‘tkazish, iste’dod darslari tajriba almashinuvi, viloyatdagi mashhur zardo‘z va zargar hunarmandlar faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyati ko‘zda tutilgan. 

Ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining mahsulotlari ko‘rgazmasi va mahorat darslarini 12 ta nominasiya bo‘yicha xalqaro hay’at tomonidan baholash, ko‘rik-tanlov g‘oliblarini tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, qimmatbaho esdalik sovg‘asi va pul mukofotlari bilan taqdirlash belgilangan. Yig‘ilish kun tartibidagi birinchi masala bu va boshqa tashkiliy masalalar bo‘yicha “Hunarmand” uyushmasi raisi U. Abdullayev hisoboti eshitildi

Author: Uyushma axborot xizmati