Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Abdug‘ani Abdullayev O‘zbekiston Qahramoni unvoni bilan mukofotlangan usta hunarmand

Abdug‘ani Abdullayev O‘zbekiston Qahramoni unvoni bilan mukofotlangan usta hunarmand

Abdug‘ani Abdullayev 1953 yilda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida usta-hunarmandlar oilasida tug‘ildi. Xususan, Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy, Buxoro viloyatidagi Bahouddin Naqshband maqbaralari yodgorliklarini qayta tiklashda, Toshkent shahridagi Xotira xiyoboni majmuasi, Qatag‘on qurbonlari muzeyi, Farg‘ona viloyatidagi Burhoniddin Marg‘inoniy majmuasini bunyod etishda noyob yog‘och o‘ymakorligi ishlarini bajarib, o‘zining yuksak mahoratini namoyon etdi. Abdug‘ani Abdullayev yog‘och o‘ymakorligining ko‘p asrlardan…

Abdug‘ani Abdullayev 1953 yilda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida usta-hunarmandlar oilasida tug‘ildi.

Xususan, Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy, Buxoro viloyatidagi Bahouddin Naqshband maqbaralari yodgorliklarini qayta tiklashda, Toshkent shahridagi Xotira xiyoboni majmuasi, Qatag‘on qurbonlari muzeyi, Farg‘ona viloyatidagi Burhoniddin Marg‘inoniy majmuasini bunyod etishda noyob yog‘och o‘ymakorligi ishlarini bajarib, o‘zining yuksak mahoratini namoyon etdi.

Abdug‘ani Abdullayev yog‘och o‘ymakorligining ko‘p asrlardan buyon saqlanib kelayotgan qadimiy va noyob turlarini kelgusi avlodlarga yetkazish maqsadida ustoz-shogird an’analarini izchil davom ettirib, milliy hunarmandchilik sirlarini 600 nafardan ortiq yoshlarga o‘rgatdi.

Shuningdek, faoliyati davomida yo‘qolib ketayotgan noyob naqsh turlarini tiklash, yangi uslublarni amaliyotga joriy etish ishlarida ham fidoyilik namunasini ko‘rsatdi.

Abdug‘ani Abdullayevning milliy hunarmandchilik san’atini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlat tomonidan munosib taqdirlandi. U O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi, O‘zbekiston Qahramoni unvonlari bilan mukofotlangan.

Author: Uyushma axborot xizmati