Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʼbek Аbdullayev Nurota tumanida qurilayotgan Hunarmandchilik markazida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʼbek Аbdullayev Nurota tumanida qurilayotgan Hunarmandchilik markazida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Prezidentimizning 2017 yil 17 noya¬br¬dagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlan-ti¬rish va hunarmandlarni har tomonlama qoʼllab-quv¬¬vatlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Far¬monining 3-ilovasida Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hunarmandchilik obʼektlarini tashkil etish boʼyicha kompleks chora-tadbirlar belgilangan. Ushbu kompleks chora-tadbirlarning 29-bandida Navoiy viloyati Nurota tumanida Hunarmandchilikka koʼmaklashish markazini tashkil etish belgilangan. Farmonning ijrosini taʼminlash maqsadida Nurota tumanida hunarmandchilik markazi qurilmoqda va bugungi kunda qurilish jarayonlarining pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʼbek Аbdullaev Nurota tuman hokimi Umarbek Xalilov, tuman hokimligining mutasaddi vakillari, Uyushmaning viloyat boshqarmasi masʼullari bilan birgalikda Nurota tumanida qurilayotgan hunarmandchilik markazida boʼldi va bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Nurota tumanida qurilayotgan Hunarmandchilik markazi qisqa muddatda ishga tushirilishi koʼzda tutilgan.

Author: Uyushma axborot xizmati