Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Naqqoshlik san’ati va uning tarixi haqida tayyorlangan ko’rsatuv

Naqqoshlik san’ati va uning tarixi haqida tayyorlangan ko’rsatuv

Badiiy naqqoshlik ranglarning uyg’unligida va o’ziga xos kompozisiyalarda go’zallik yaratish san’atidir. Naqqosh usta o’z ishida ranglarning tabiiy jilosidan va uyg’unligidan, bejirim shakldan, material fakturasidan mohirlik bilan foydalanib yorqin ifodalikka erishadi. O’zbekistonning an’anaviy me’morchiligida naqqoshlik asosan shiftlarni, jimjimador araqilarni, saroy ustunlarini, masjidlar, maktablar, boylarning uylari, yog’ochdan yasalgan buyumlarni bezashda qo’llangan. Nozik o’simliksimon-geometrik naqshdagi o’zaro singib ketgan…

Badiiy naqqoshlik ranglarning uyg’unligida va o’ziga xos kompozisiyalarda go’zallik yaratish san’atidir. Naqqosh usta o’z ishida ranglarning tabiiy jilosidan va uyg’unligidan, bejirim shakldan, material fakturasidan mohirlik bilan foydalanib yorqin ifodalikka erishadi. O’zbekistonning an’anaviy me’morchiligida naqqoshlik asosan shiftlarni, jimjimador araqilarni, saroy ustunlarini, masjidlar, maktablar, boylarning uylari, yog’ochdan yasalgan buyumlarni bezashda qo’llangan.

Nozik o’simliksimon-geometrik naqshdagi o’zaro singib ketgan novdalar, shoxlar va hashamatli tasvirlangan gullarning ritmik harakati, o’zbek ustalarining ishlaridagi islimi va girih naqshlarining klassik motivlari shiftlarning shakligam moslangan. Naqsh ko’proq interyerlarni va yopiq ayvon, peshayvonlarni bezashga xizmat qiladi. Hozirgi paytda naqshdan me’morchilikda, uy jihozlari, sovg’alar, mayda yog’och o’yinchoqlar, musiqa asboblari va turmushda kerakli buyumlarni bezashda foydalaniladi. Bugungi ko’rsatuvimiz qahramoni ham anshu san’at turini o’rganib kelayotgan yosh usta hunarmand Dildora Beknazarova.

manbaa: https://www.youtube.com/watch?v=BDpek9zxkes

Author: Uyushma axborot xizmati