Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Narzullayev Abdullo Ibodullayevich «O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi

Narzullayev Abdullo Ibodullayevich «O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi

Narzullayev Abdullo yaratgan kulolchilik buyumlariga mahalliy va chet ellik ixlosmandlarda katta qiziqish ortib, milliy san’at namunasi sifatida yuqori baho berilgan. U 100 ga yakin xalqaro ko‘rgazma va tanlovlarda muvafaqqiyatli ishtirok etgan va ishtirok etib kelmoqda. A. Narzullayev 2000 yilda kulolchilik muzeyi ustaxonasini hamda ko‘rgazma zalini qurib ishga tushirdi. Majmuada milliy kulolchilik muzeyi Markaziy Osiyo kulolchilik…

Narzullayev Abdullo yaratgan kulolchilik buyumlariga mahalliy va chet ellik ixlosmandlarda katta qiziqish ortib, milliy san’at namunasi sifatida yuqori baho berilgan. U 100 ga yakin xalqaro ko‘rgazma va tanlovlarda muvafaqqiyatli ishtirok etgan va ishtirok etib kelmoqda.

A. Narzullayev 2000 yilda kulolchilik muzeyi ustaxonasini hamda ko‘rgazma zalini qurib ishga tushirdi.

Majmuada milliy kulolchilik muzeyi Markaziy Osiyo kulolchilik san’ati to‘g‘risida keng ma’lumot beruvchi kulolchilik va kashtachilik ustaxonalari, tayyor asarlar ko‘rgazma zallari mavjud.

Muzey xalqaro sayyohlik marshrutiga kiritilgan bo‘lib, har yili muzeyga tashrif buyuradigan 6000-7000 nafar chet ellik sayyohlar va mahalliy aholi vakillariga bepul xizmat ko‘rsatiladi.

Uning saralangan ijodiy ishlari dunyoning 50 dan ortiq davlatlarida o‘tkazilgan halqaro ko‘rgazmalarda, jumladan, Tunis, Gresiya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Pokiston, Shvetsariya va Avstriya davlatlarida namoyish qilingan.

O‘z kasbining ustasi sifatida 1998 yilda “Tashabbus” ko‘rik tanlovining Respublika bosqichida munosib ishtirok etdi. Hozirda o‘nlab shogirdlari bilan yangi-yangi asarlar yaratib, faoliyatini davom ettirmoqda.

O‘zining asosiy ish faoliyatidan tashqari, xalqimizning qadimiy hunarmandchik turlarini, jumladan kashtachilik bo‘yicha an’analarini tiklash bo‘yicha ijobiy ishlarni amalga oshirdi.

Uning tashabbusi bilan 1997 yilda G‘ijduvon kashtachilik markazi tashkil qilindi. Bugungi kunda amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 100 nafardan ortiq qishloq xotin-qizlari ish bilan ta’minlangan.

Hozirgi kunda  hunarmandchilikning har ikkala turiga 100 dan ortiq tuman aholisi vakillari jalb qilingan bo‘lib, milliy qadriyatlarimiz, hunarmandchilik turlari qaytadan tiklandi.

Author: Uyushma axborot xizmati