Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida

Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-apreldagi “Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi

PQ-5098-son qarori  hamda

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi “Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivalini oʻtkazishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 629-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Vazirining oʻrinbosari_ Turizm va madaniy meros vaziri, Xalqaro Zardoʻzlik va zargarlik festivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari A. Abduhakimov rahbarligida

 joriy yilning 15-mart  kuni videokonferensiya aloqa shaklida yigʻilish oʻtkazildi.

Festivalga hay’at a’zolari va ishtirokchi sifatida har bir xorijiy mamlakatdan 6 nafargacha ijodiy delegatsiyani taklif etishi rejalashtirilgan.

Festival doirasida milliy hunarmandchilikning zardoʻzlik va zargarlik yoʻnalishi boʻyicha mahsulotlar koʻrik-tanlovini oʻtkazish, iste’dod darslari tajriba almashinuvi, viloyatdagi mashhur zardoʻz va zargar hunarmandlar faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyati koʻzda tutilgan. 

Koʻrik-tanlov ishtirokchilarining mahsulotlari koʻrgazmasi va mahorat darslarini 12 ta nominatsiya boʻyicha xalqaro hay’at tomonidan baholash, koʻrik-tanlov gʻoliblarini tashkiliy qoʻmita tomonidan diplom, qimmatbaho esdalik sovgʻasi va pul mukofotlari bilan taqdirlash belgilangan. Yigʻilish kun tartibidagi birinchi masala bu va boshqa tashkiliy masalalar boʻyicha “Hunarmand” uyushmasi raisi U. Abdullayev hisoboti eshitildi.

Author: Uyushma axborot xizmati