Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan ko’plab hunarmandlar taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan ko’plab hunarmandlar taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi.Farmonga ko‘ra, «Mehnat shuhrati» ordeni bilan Kayumova Adinaxon Zakirovna – Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, do‘ppido‘z, Andijon viloyati taqdirlandi. Milliy bosh kiyimlar ustasi Kayumova Adinaxon Zakirovna…

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi.Farmonga ko‘ra, «Mehnat shuhrati» ordeni bilan Kayumova Adinaxon Zakirovna – Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, do‘ppido‘z, Andijon viloyati taqdirlandi. Milliy bosh kiyimlar ustasi Kayumova Adinaxon Zakirovna avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan an’anaviy milliy bosh kiyimlar (erkaklar do‘ppisi) san’atini rivojlantirishga hissa qo‘shgan Jumagulxonning to‘rtinchi avlodi bo‘lib, an’anaviy milliy bosh kiyimlar (erkaklar do‘ppisi) tayyorlashni san’at darajasiga olib chiqqan usta sifatida faoliyat yuritmoqda.

Qayumova Adinaxon Zakirovna an’anaviy milliy bosh kiyimlar san’atini buvisi an’anaviy milliy bosh kiyimlar ustasi Saodatxon hamda onasi Kimsanxonlardan o‘rganib kelgan. Avloddan-avlodga o‘tib kelgan mahoratni va zamonaviy usullarni uyg‘unlashtirgan holda o‘z ijodiy namunalarini, jumladan, erkaklar do‘ppisini an’analarinimizni saqlagan holda tayyorlab, o‘z ijodini boyitib kelmoqda. Ish faoliyatini 1980 yildan buyon davom ettirib kelmoqda. O‘z ishini va kasbini sevadigan an’anaviy hunarmandlardan biri hisoblanadi. Kayumova Adinaxon Zakirovna bugungi o‘zbekning milliy milliy bosh kiyimi bo‘lgan do‘ppini ishlab chiqarib, O‘zbekistonning barcha hududlariga yetkazib bermoqda. A.Kayumova qadimiy an’analarni saqlagan holda ipak iplar bilan mayda chokda tikilgan milliy choponlarni ishlab chiqarib, milliy an’analarimizni kelajak avlodga yetkazish borasida xizmat ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda 20 nafar shogirdlarga o‘z hunarini o‘rgatib kelmoqda. O‘nlab shogirdlari o‘z mustaqil faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

Author: Uyushma axborot xizmati