Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > Toshkentda “Toshkent suvenirlari” nomli ko‘rgazma savdosi o‘tkaziladi

Toshkentda “Toshkent suvenirlari” nomli ko‘rgazma savdosi o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki ko‘magida joriy yilning 19-21 avgust kunlari Toshkent shahridagi Sayilgoh ko‘chasida “Toshkent suvenirlari” ko‘rgazma savdosi bo‘lib o‘tadi. Uch kun davomida mehmonlar yurtimizning mashhur hunarmandlaridan o‘zlarining sevimli hunarmandchilik mahsulotlari, suvenirlar sotib olishlari, ularning tayyorlanish jarayonlarini kuzatishlari va o‘zlari bu jarayonda bevocita ishtirok…

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki ko‘magida joriy yilning 19-21 avgust kunlari Toshkent shahridagi Sayilgoh ko‘chasida “Toshkent suvenirlari” ko‘rgazma savdosi bo‘lib o‘tadi. Uch kun davomida mehmonlar yurtimizning mashhur hunarmandlaridan o‘zlarining sevimli hunarmandchilik mahsulotlari, suvenirlar sotib olishlari, ularning tayyorlanish jarayonlarini kuzatishlari va o‘zlari bu jarayonda bevocita ishtirok etishlari, shuningdek boy ko‘ngilochar dasturni tomosha qilishlari mumkin. Ko‘rgazma-savdoda respublikaning barcha hududlaridan 200 nafardan ziyod hunarmand, xalq amaliy san’ati ustalari hunarmandchilik mahsulotlari va milliy matolar adras, atlas, zargarlik buyumlari, kulollik, gilamchilik, zardo‘zlik va hunarmandchilikning boshqa yo‘nalishlarida mahorat darslari bilan ishtirok etadi. Ko‘rgazma-savdo mehmonlari yurtimizning mashhur hunarmandlarining mahorat darslarida qatnashib, o‘z qo‘llari bilan loydan ko‘za yasab ko‘rishlari, ipakdan mato to‘qishlari, do‘ppiga naqsh berib ko‘rishlari, beshik yasashda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

“Toshkent suvenirlari” ko‘rgazma savdosi davomida biznes vakillari hunarmandlar bilan foydali shartnomalar tuzishlari mumkin bo‘ladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ko‘rgazma-savdoda 100 mingdan ortiq kishi tashrif buyuradi.
Sana: 19 avgustdan 21 avgustgacha.
O‘tkazilish joyi: Toshkent shahridagi Sayilgoh ko‘chasi
Kirish bepul.
Ko‘rgazma-savdo dasturi bilan (+998) 71-279-80-88 telefoni orqali tanishishingiz va batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Author: Uyushma axborot xizmati