Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > “Birmiz! “Qalban birgamiz!” shiori ostida O‘zbekiston va Xitoy do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga karatilgan onlayn ko‘rgazma

“Birmiz! “Qalban birgamiz!” shiori ostida O‘zbekiston va Xitoy do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga karatilgan onlayn ko‘rgazma

2020 yil 15 oktyabr kuni soat “Art Gallery” Avtografda  O‘zbekiston ”Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi hamkorlikda “Birmiz! “Qalban birgamiz!” shiori ostida O‘zbekiston va Xitoy do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga karatilgan Xitoy rassomlarining butun dunyo mamlakatlari va xalqlarini larzaga solgan ko‘rinmas yov — koronavirus pandemiyasiga oid rasmlari va O‘zbekiston hunarmandlari mahsulotlarining onlayn ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Birinchi onlayn ko‘rgazma “Hunarmand” uyushmasining Xitoydagi savdo uyi  hamkori Mariyam Gapur tashabbusi bilan tashkillashtirilmoqda.

Ko‘rgazmani O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi – Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Spiker o‘rinbosari Alisher Keldiyevich Qodirov video orqali, O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand”uyushmasi raisi Ulug‘bek Toxirovich Abdullayev kirish so‘zi bilan ochib beradilar.

Xitoy Xalq Respublikasidan (ZOOM dasturi orqali ) Mariyam Gapur Kirish so‘zi bilan ishtirok etdi.

Onlayn ko‘rgazmada  “Hunarmand” uyushmasi qoshidagi “Craft  and art” MChJ hmda Uyushma a’zolari bo‘lgan Farg‘ona, Navoiy, Buxoro, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan 10 nafardan ortiq  hunarmandlarning hunarmandchilikning yog‘och o‘ymakorligi, kandakorlik, kulolchilik, miniatyura, milliy matolar, milliy liboslar, yo‘nalishida hunarmandchilik mahsulotlari namoyish etildi. Bunda Nurota kashtalari, Rishton kulolchilig, Toshkent yog‘och o‘ymakorligi, kashtado‘zligi, Marg‘ilon adras matolari, Buxoro zardo‘zlik mahsulotlari tomoshabinlarni befarq qoldirmadi.

Onlayn ko‘rgazmada doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuksoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (jami: 14 ta tanlov asosida maktablar, maktab-internatlar) o‘quvchilarining rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

Partiya va Uyushma nomidan 14 ta maxsus maktab bolalariga sovg‘a va faxriy yorliq va diplomlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Author: Uyushma axborot xizmati