Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Moskva shahrida “Puteshestvuy!” – turistik forumi o‘tkazilmoqda

Moskva shahrida “Puteshestvuy!” – turistik forumi o‘tkazilmoqda

Joriy yilning 4-7 avgust kunlari Moskva shahrida “Puteshestvuy!” – turistik forumi o‘tkazilmoqda. Bugun forum boshlandi. Forum doirasida raqs, milliy ansambllar, musiqiy ijod va an’anaviy san’at ustalarini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda. Hunarmandchilik ko‘rgazmasida 3 nafar hunarmandlarimiz hamda “Hunarmand” uyushmasi tasarrufidagi “Craft and art” MCHJ ishtirok etmoqda. Ko‘rgazmada milliy liboslar yo‘nalishida buxorolik hunarmandlar…

Joriy yilning 4-7 avgust kunlari Moskva shahrida “Puteshestvuy!” – turistik forumi o‘tkazilmoqda.

Bugun forum boshlandi.

Forum doirasida raqs, milliy ansambllar, musiqiy ijod va an’anaviy san’at ustalarini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda. Hunarmandchilik ko‘rgazmasida 3 nafar hunarmandlarimiz hamda “Hunarmand” uyushmasi tasarrufidagi “Craft and art” MCHJ ishtirok etmoqda. Ko‘rgazmada milliy liboslar yo‘nalishida buxorolik hunarmandlar Madina Rajabova , “Miniatyura, rang tasvir, naqqoshlik va bo‘yoqli naqshlar” hamda xatotlik yo‘nalishida Sattorova Sayidabonu, navoiylik hunarmand kashtachilik yo‘nalishida Feruza Qulmatova hamda “Hunarmand” uyushmasi tasarrufidagi “Craft and art” MCHJ misgarlik, yog‘och o‘ymakorligi, kulolchilik va boshqa hunarmandchilik yo‘nalishlarida jami 500 turdan ortiq hunarmandchilik mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Author: Uyushma axborot xizmati