Zardo‘z Pokiza Gaipova

Buxorolik Pokiza Gaipova yoshligidan zardo‘zlik hunari bilan shug‘ullanib keladi. Bugungi kunda usta hunarmand Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida turmush o‘rtog‘i bilan 3 nafar farzandni voyaga yetkazmoqda. U vatanga bo‘lgan muhabbatni o‘z hunari orqali ham tasvirlashga harakat qiladi. Sizga tanishtirmoqchi bo‘lgan asarim hunarmandchilikning zardo‘zlik yo‘nalishida tikilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi ramzlari tushirilgan zar devor. Pokiza bu asari ustida sakkiz oy davomida ishladi. Hunarmand qo‘li, ko‘z nuri, qalb qo‘ri qo‘shilgan asarni tomosha qilar ekansiz o‘zbek ayolining qo‘li gul ekanligiga yana bir bor amin bo‘lasiz.

 Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati