Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Hurmatli hunarmandlar!

Hurmatli hunarmandlar!

Hurmatli hunarmandlar! Respublika “Hunarmand” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi bilan hamkorlikda,  O‘zbekiston Respublikasining Shanxaydagi bosh konsulxonasi ko‘magida Mahalliy eksportchilarga o‘z mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishga ko‘maklashish maqsadida “Alibaba” xalqaro elektron savdo platformasi ekspertlari tomonidan 2022 yil 5 avgust kuni soat 11:00 da onlayn seminar-trening o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Mazkur seminar-treningda ekspertlar…

Hurmatli hunarmandlar!

Respublika “Hunarmand” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi bilan hamkorlikda,  O‘zbekiston Respublikasining Shanxaydagi bosh konsulxonasi ko‘magida Mahalliy eksportchilarga o‘z mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishga ko‘maklashish maqsadida “Alibaba” xalqaro elektron savdo platformasi ekspertlari tomonidan

2022 yil 5 avgust kuni soat 11:00 da onlayn seminar-trening o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Mazkur seminar-treningda ekspertlar tomonidan elektron savdo platformasi imkoniyatlaridan tuliq foydalanish, mahsulotlarni joylashtirish va eksportini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha eksportchilarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Onlayn seminar-treningda quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish va ishtirok etish mumkin.

https://seller.alibaba.com/webinars/px001wez4-promoting-products-from-the-republic-of-uzbekistan-using-global-platform-alibabacom?currentCategoryValue=Live%20Webinars

Author: Uyushma axborot xizmati