Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Kulolchilik Oʼzbekiston amaliy sanʼatining eng qadimiy, gʼoyat qiziqarli turlaridan biri.

Kulolchilik Oʼzbekiston amaliy sanʼatining eng qadimiy, gʼoyat qiziqarli turlaridan biri.

Tayyorlanish usuliga koʼra, u ikkita asosiy tur — nosirkor va sirkori sopolga boʼlinadi.
Nosirkor chaplama sopolchilik yanada qadimiyroq. Milloddan avvalgi ikkinchi ming yillikning oʼrtalarida texnologik inqilob roʼy berdi, yaʼni kulolchilik charxi paydo boʼldi va u nosirkor sopol buyumlar koʼrinishini oʼzgartirdi. Oʼsha vaqtdan u shakl hamda bezak jihatidan yanada mukammalashib xilma xil koʼrinishga ega boʼla boshladi.
VIII asr oxiri IX asr boshidan Movarounnahr shaharlarida sirlangan sopol buyumlar yasala boshlandi va keng quloch yoydi. Bular oq yuzali sopol boʼlib, idishlar iliq, qizgʼish, pushtirang, shuningdek, yashiltop zaytun tusli koʼrinish kasb etdi.
IX-XII asrlarda bu yerda u haqiqiy badiiy sanʼatga aylandi, yuqori texnik sifatga erishdi.
Markaziy Osiyoda XIV asr oxiri XV asr boshlarida koʼk-moviy tusdagi mahalliy oq loydan yasalgan idishlar paydo boʼldi.
Manba: Oʼzbekiston hunarmandchiligi durdonalari Kitob-albom

Bizni kuzatib boring @handicraftman

Author: Uyushma axborot xizmati