Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Hunarmandchilikni rivojlantirish va yangi ishga tushirilayotgan ob’ektlar bilan tanishish

Hunarmandchilikni rivojlantirish va yangi ishga tushirilayotgan ob’ektlar bilan tanishish

2020 yilning 2 iyun kuni Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʼbek Аbdullaev hunarmandchilikni rivojlantirish va yangi ishga tushirilayotgan obʼektlar bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatida boʼldi.

Uyushma raisi Ulugʼbek Аbdullaev, Oʼzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining oʼrinbosari Kamola Аkilova, Qarshi shahar hokimi Normoʼmin Xolboev, viloyat va shahar hokimligi vakillari, “Hunarmand” uyushmasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshligʼi B.Niyozov, tajribali hunarmandlar bilan birgalikda Qarshi shahridagi “Odina” majmuasida “Hunarmandlar markazi” va “Zargarlik maktabi” ni tashkil etish boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.
Uyushma rahbari ushbu markazda hunarmandlarning joylashuvi, usta-shogird maktablarining tashkil etish va hunarmandchilik mahsulotlarini sotish va namoyish etish koʼrgazma zallarini tashkil etish boʼyicha oʼz taklifini bildirdi.
Usta hunarmand zargar Sharifjon Raupov “Zargarlik maktabi” tashkil etish boʼyicha oʼz fikr mulohazalari va takliflarini bildirdi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati