Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Qashqadaryo viloyati > Qarshi shahri «Barkamol avlod» bolalar maktabida hunarmandchilik yo‘nalishida o‘quv kursi to‘garagi tashkil etildi

Qarshi shahri «Barkamol avlod» bolalar maktabida hunarmandchilik yo‘nalishida o‘quv kursi to‘garagi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4539-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri “Barkamol avlod” bolalar maktabida hunarmandchilikning “Qimmatbaho metallardan tayyorlangan zargarlik buyumlari” yo‘nalishi bo‘yicha usta-hunarmand Raupov Sharifjon ustozligida o‘quv kursi to‘garagi tashkil etildi.
2020 yilning 15 yanvar kuni o‘quv kursi to‘garagining boshlang‘ich darsi va tanishuv tadbiri o‘tkazildi.

 Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati