Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > 21-23 sentyabr kunlari Qo‘qon shahrida II “Xalqaro hunarmandchilik festivali” va Rishton tumanida “Xalqaro kulolchilik forumi” o‘tkaziladi

21-23 sentyabr kunlari Qo‘qon shahrida II “Xalqaro hunarmandchilik festivali” va Rishton tumanida “Xalqaro kulolchilik forumi” o‘tkaziladi

AOKAda Respublika “Hunarmand” uyushmasi rahbari va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Xalqaro hunarmandchilik festivali, Xalqaro kulolchilik forumi hamda kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosini o‘tkazish va unga tayyorgarlik masalalari haqida ma’lumot berildi: II “Xalqaro hunarmandchilik festivali”ga iqtidorli hunarmandlar va iste’dodli yoshlarni jalb qilish maqsadida “Men Qo‘qonga boraman” shiori ostida ikki bosqichdan iborat ko‘rgazma va ko‘rik-tanlov tashkil etildi. Birinchi…

AOKAda Respublika “Hunarmand” uyushmasi rahbari va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Xalqaro hunarmandchilik festivali, Xalqaro kulolchilik forumi hamda kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosini o‘tkazish va unga tayyorgarlik masalalari haqida ma’lumot berildi:

II “Xalqaro hunarmandchilik festivali”ga iqtidorli hunarmandlar va iste’dodli yoshlarni jalb qilish maqsadida “Men Qo‘qonga boraman” shiori ostida ikki bosqichdan iborat ko‘rgazma va ko‘rik-tanlov tashkil etildi.
Birinchi bosqich — tumanlar (shaharlar) bo‘yicha 2023 yilning mart oyida tashkil etildi va unda ikki ming nafarga yaqin hunarmandlar ishtirok etdi.
Ikkinchi bosqich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha 2023 yilning aprel oyida bo‘lib o‘tdi va unda ming nafarga yaqin hunarmandlar ishtirok etdi. “Hunarmand” uyushmasi tomonidan Ikkinchi “Xalqaro hunarmandchilik” festivali veb-saytini uch (o‘zbek, rus, ingliz) tillarida http://handicrafters.uz yaratildi. Veb-saytda festival, milliy hunarmandchilik, hunarmandlar, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan hunarmandchilik mahsulotlar haqidagi ma’lumotlar joylashtirildi.

Rishton tumanida “Xalqaro kulolchilik forumi” doirasida ilmiy-amaliy konferensiya, ko‘rik-tanlov, taqdimot va namoyishlar, ko‘rgazma-savdolar, teatrlashgan konsert-tomosha dasturlari, madaniy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot tadbirlari,O‘zbekistonning turli hududlariga xos bo‘lgan kulolchilik, maktablarining mashhur xalq amaliy san’ati ustalari tomonidan mahorat darslari ham tashkil etiladi.

Author: Uyushma axborot xizmati