Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Toshkent shahri “Yangi Interkontinental” mehmonxonasida biznes forum bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahri “Yangi Interkontinental” mehmonxonasida biznes forum bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 5-sentyabr kuni Toshkent shahri “Yangi Interkontinental” mehmonxonasida Xitoy Xalq Respublikasining davlat hokimiyat va ishbilarmon doira vakillari bilan Namangan viloyati hokimligi ishtirokida biznes forum bo‘lib o‘tdi. Forumda Uyushmaning Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Z.Valiyev ishtirok etdi. Shandun provinsiyasi Szinin shahri hokimi Lin Xun’yuy rahbarligidagi delegatsiya a’zolariga Chust pichoqlari, do‘ppilari, kulolchilik mahsulotlari, adras, atlas shoyi mahsulotlari,…

Joriy yilning 5-sentyabr kuni Toshkent shahri “Yangi Interkontinental” mehmonxonasida Xitoy Xalq Respublikasining davlat hokimiyat va ishbilarmon doira vakillari bilan Namangan viloyati hokimligi ishtirokida biznes forum bo‘lib o‘tdi. Forumda Uyushmaning Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Z.Valiyev ishtirok etdi.

Shandun provinsiyasi Szinin shahri hokimi Lin Xun’yuy rahbarligidagi delegatsiya a’zolariga Chust pichoqlari, do‘ppilari, kulolchilik mahsulotlari, adras, atlas shoyi mahsulotlari, kashta mahsulotlari haqida ma’lumotlar yetkazildi. Mehmonlarda shoyi ipak va Chust pichoqlarga qiziqish uyg‘otdi. Forumda o‘zaro hamkorlik qilish maqsadida tashrif kog‘ozlari almashinuvlari bo‘ldi. Joriy yilning sentyabr oyi yakunida Namangan Viloyati hokimligi delegatsiyasi Szinin shahrida uchrashuvlar buo‘lishiga kelishildi.

Author: Uyushma axborot xizmati