Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Ulug‘bek Abdullayev joriy yilning 11-14 dekabr kunlari Xorazm viloyatida xizmat safarida bo‘ldi

Ulug‘bek Abdullayev joriy yilning 11-14 dekabr kunlari Xorazm viloyatida xizmat safarida bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek  Abdullayev joriy yilning 11-14 dekabr kunlari Xorazm viloyatida xizmat safarida bo‘ldi. Xizmat safari davomida  Urganch shahrida va  Xiva shahridagi “Ichan-qal’a”majmuasiga bordi, bu yerda bir qator muammosi bor hunarmandlar bilan uchrashdi. Hunarmandlar faoliyatidagi dolzarb masalalar bo‘yicha Uyushma rahbariga suhbat davomida gapirib berdilar, Ulug‘bek Abdullayev mazkur masalalarning yechimi borasida viloyat boshqarmasiga…

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek  Abdullayev joriy yilning 11-14 dekabr kunlari Xorazm viloyatida xizmat safarida bo‘ldi. Xizmat safari davomida  Urganch shahrida va  Xiva shahridagi “Ichan-qal’a”majmuasiga bordi, bu yerda bir qator muammosi bor hunarmandlar bilan uchrashdi. Hunarmandlar faoliyatidagi dolzarb masalalar bo‘yicha Uyushma rahbariga suhbat davomida gapirib berdilar, Ulug‘bek Abdullayev mazkur masalalarning yechimi borasida viloyat boshqarmasiga hamda Respublika “Hunarmand” uyushmasidan borgan mas’ul rahbarga ko‘rsatmalar berdi, ayrim masalalar joyida hal etildi.

Xizmat safari davomida Uyushma raisi Yangiariq tumani Kattabog‘  qishlog‘ida barpo etilgan  “Kulolchilik markazi “da hunarmandlar uchun tashkil etilayotgan  sharoitlar bilan tanishib chikdi va kerakli tavsiyalarni berib o‘tdi.

Shuningdek, “Hunarmand” uyushmasi rahbari Ulug‘bek Abdullayev “Ichan-qal’a”dagi Tosh hovli saroyida bo‘ldi, bu yerda olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini borib ko‘rdi.

Author: Uyushma axborot xizmati