Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Andijon viloyati > Andijon Mashinasozlik institutida «Hunarmand – talaba» deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Andijon Mashinasozlik institutida «Hunarmand – talaba» deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 16 yanvar kuni «Hunarmand» uyushmasining Andijon viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan Andijon Mashinasozlik institutida institut bilan hamkorlikda «Hunarmand – talaba» deb nomlangan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda talabalarni hunarmandchilikka jalb etish, ularda hunarmandchilik, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish haqida so‘z yuritildi. Hayotiy misollar orqali hunarli inson o‘z yo‘lini topishida yurtimizda yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar haqida aytib berildi.
Hunarmandchilik yo‘nalishlari targ‘ib etildi, usta-shogird maktabi an’analari asosida hunarga jalb etishda viloyatda tajribali usta hunarmandlarga biriktirilishi haqida so‘z bordi. Bugun viloyatda faoliyat olib borayotgan hunarmandlarning mahsulotlari yurtimiz qolaversa, butun dunyoda mashhurligi va mahsulotlar xaridorgirligi tushuntirib o‘tildi. Tadbirda  ishtirok etgan yoshlar o‘zlarining hunarmandchilik yo‘nalishidagi savollariga javob olishdi.

 Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati