Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Buxoro viloyati > Buxoroda kashtachilik hunar turi targ‘ib etilmoqda

Buxoroda kashtachilik hunar turi targ‘ib etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusning birinchi yo‘nalishi, yoshlarni musiqa, rassomchilik, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishini oshirish, o‘z qobiliyatlarini namoyon qilishiga ko‘maklashish maqsadida «Hunarmand» uyushmasining Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan viloyatda bir qator tadbirlar amalga oshirib kelmoqda. Xususan, tajribali hunarmandlar tomonidan yoshlar, xotin-qizlar orasida hunarmandchilikning yo‘nalishlari, hunarmandlarga yaratilgan mkoniyatlar tushuntirilmoqda, ustalar tomonidan mahorat darslari tashkil etilmoqda, hunarmadlar faoliyati tanishtirilmoqda. Ana shu jarayonlarga faol ishtirok etayotgan hunarmandlardan biri Buxoro shahar Chorbahosa ko‘chasi 89 uyda yashab, kashtachilik hunar turi bilan shug‘illanib kelayotgan kashtado‘z usta hunarmand Dildora Hafizova.
D. Xafizova kashtalari yurtimizda shu bilan birga chet elllarda tashkil etilayotgan ko‘rgazmalarda namoyish etilmoqda.
Hunarmand D. Xafizova hozirgi kunda 20 dan ortiq shogirdlarga o‘z hunarini o‘rgatib, ishchi o‘rinlari yaratib kelmoqda.

 Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati