Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev Xorazm viloyatida xizmat safarida

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev Xorazm viloyatida xizmat safarida

2021 yilning 4 yanvar kuni “Hunarmand” uyushmasi rahbari Xorazm viloyati Xonqa tuman hokimi bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifida berilgan topshiriqqa asosan Xonqa tumanida Hunarmandlar markazini tashkil etish borasida so‘z bordi. Shundan so‘ng Ulug‘bek Abdullayev Yangiariq tumanida tashkil etilgan “Yangiariq kulolchilik markazi” ga borib, usta hunarmandlar bilan uchrashdi .Tashkil etilgan…

2021 yilning 4 yanvar kuni “Hunarmand” uyushmasi rahbari Xorazm viloyati Xonqa tuman hokimi bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifida berilgan topshiriqqa asosan Xonqa tumanida Hunarmandlar markazini tashkil etish borasida so‘z bordi.

Shundan so‘ng Ulug‘bek Abdullayev Yangiariq tumanida tashkil etilgan “Yangiariq kulolchilik markazi” ga borib, usta hunarmandlar bilan uchrashdi .Tashkil etilgan ishlarga yana o‘zini ko‘rsatmalarini berdi

“Hunarmand” uyushmasi rahbari Xivada hunarmandlar bilan uchrashdi.

Shundan so‘ng “Hunarmand” uyushmasi rahbari Ulug‘bek Abdullayev yog‘och o‘ymakori Odamboy Masharipov uy- muzeylariga bo‘ldi. Shundan so‘ng, mashhur usta hunarmand, yog‘och o‘ymakor Bogibekovlar xonadonida bo‘lib, yangidan qurilayotgan Hunarmandlar markazi bilan tanishdi.

Author: Uyushma axborot xizmati