Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Ustozga ehtirom

Ustozga ehtirom

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Farmoni bilan «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida» Prezident farmoniga ko‘ra Yunusov Maxamatali Yusupovich – Furqat tumanidagi «Usta Yusufjon naqqosh» oilaviy korxonasi usta naqqoshi, Farg‘ona viloyati «El-yurt hurmati» ordeni bilan bilan taqdirlangan edi. Maxamatali Yunusov “Hunarmand” uyushmasi…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Farmoni bilan «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida» Prezident farmoniga ko‘ra Yunusov Maxamatali Yusupovich – Furqat tumanidagi «Usta Yusufjon naqqosh» oilaviy korxonasi usta naqqoshi, Farg‘ona viloyati «El-yurt hurmati» ordeni bilan bilan taqdirlangan edi.

Maxamatali Yunusov “Hunarmand” uyushmasi a’zosi hamda xalq amaliy san’ati ustalari kiritiladigan “Milliy katolog”ga xam kirigan.

Bugungi kunda 200 yaqin shogirdlarga hunar o‘rgatib kelmoqda.

2019 yili sentyabr oyida Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan Xalqaro Hunarmandchilik festivalida gran-pri sovriniga ega bo‘lgan ustazoda hurmatli hunarmanddir

“Hunarmand” uyushmasining Farg‘ona viloyati boshqarmasi Sirdaryodagi Yoshlar markazini qurayotgan ustani xizmat safaridan kelganidan foydalanib, Davlatimizni yuksak unvoni bilan taqdirlanganligi munosabati bilan uni muborakbod qilish maqsadida usta xonadoniga tashrif buyurdi

Shu kunlarda viloyat hokimi Shuhrat Gʻaniyevning tashabbusi bilan M.Yunusovning yangi ustaxonasi qurilishi uchun 80 so‘tiq yer ajratildi, ustaxonaning loyihasi ishlab chiqilib, uni qurish uchun maxalliy buyudjetdan 4 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgani ustani bardavom ishini qo‘llab quvvatlash, usta- shogird maktabini kengaytirish imkonini beradi.

Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati