Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > “O‘zbekiston Respublikasining ayrim Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 3 dekabrdagi O‘RQ-653-sonli Qonuni yuzasidan

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 3 dekabrdagi O‘RQ-653-sonli Qonuni yuzasidan

         Muhtaram Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev huzurida 2020 yil 22 aprel kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan “Karantin davrida aholi bandligini taьminlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishining 25-sonli BAYoNI 20-bandida “Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ikki hafta muddatda raqobat muhitini so‘zsiz taьminlagan holda, barcha hunarmandlarga shogird olishdagi cheklovlarni…

         Muhtaram Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev huzurida 2020 yil 22 aprel kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan “Karantin davrida aholi bandligini taьminlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishining 25-sonli BAYoNI 20-bandida “Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ikki hafta muddatda raqobat muhitini so‘zsiz taьminlagan holda, barcha hunarmandlarga shogird olishdagi cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha taklif kiritish vazifasi yuklatilganligi uchun Respublika “Hunarmand” uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 2 mayda qabul qilingan O‘RQ-328-sonli Qonuni tahririda) o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi (6-moddasi to‘rtinchi qismidagi “ko‘pi bilan besh nafar shogirdni” degan so‘zlar “shogirdlarni” degan so‘z bilan almashtirildi) ishlab chiqildi.

         Hozirgi kunda respublikamizda faoliyat yuritayotgan hunarmandlar soni 37 mingtadan ortiq bo‘lib, keyingi uch yil ichida 98 mingdan ortiq shogirdlar hunarmandlarga biriktirildi. Bu ko‘rsatkich 2020 yilda 43 mingtani tashkil qiladi. 2020 yilda 24900 ta hunarmand ro‘yxatdan o‘tkazildi. Jami oxirgi uch yil ichida hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha 157 mingta ish o‘rinlari yaratildi. Xalq amaliy san’ati ustalarining Milliy katalogiga kiritilgan hunarmandlar soni respublika bo‘yicha 340 tani, Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar Reyestriga kiritilgan hunarmandlar soni  1364 tani tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4539-son Farmonining 7-bandiga ko‘ra Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlarga shogirdlar soni bo‘yicha cheklovlar bekor qilingan.

         Prezidentimizning 2017 yildagi Farmon va qarorlarida ko‘rsatilgan topshiriqlarni bajarish bo‘yicha Ishsiz yurgan xotin-qizlar uchun  “Usta-shogird” an’analari asosida hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha respublikamizdagi 57 ta shahar, tumanlarda qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil qilindi. Bu o‘quv kurslarida jami 600 ga yaqin xotin-qizlar o‘qitish uchun jalb qilingan.

         Respublikamiz bo‘yicha 22 ta “Mehribonlik uyi”dagi tarbiyalanuvchilar uchun ham o‘quv kurslari tashkil qilindi. Unda 300 dan ortiq tarbiyalanuvchilar o‘qib, sertifikatlar olishdi.

         Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda jazoni ijro etish muassasalarida hunar o‘rgatish maqsadida “Usta-shogird” maktablari tashkil qilindi. O‘qishni muvaffaqiyatli bitirganlarga jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan sertifikatlar topshirildi.

         Shuningdek, 2017 yilda beri Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda respublikamiz aholisi uchun “Usta-shogird” maktablari takshil etilib, unda minglab fuqarolarimiz o‘qitilmoqda. “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oila aьzolari “Mahallabay” kesimida o‘rganib chiqilib, mazkur maktablarga keng jalb etilmoqda. Bunda vazirlik tomonidan ustalarga oylik ish haqi (ustaga har bir shogird uchun 0,5 foiz miqdorda BHM) va shogirdlarga (BHM ning bir baravari miqdorida) stipendiya to‘lanmoqda.

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5242-son Farmonida Hunarmandchilik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, hunarmandlar tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar va tovarlar (ish, xizmat ko‘rsatish) turlarining ro‘yxatida 34 ta yo‘nalish mavjud bo‘lib, ularda shogirdlar soni cheklab qo‘yilgan, masalan Ganch o‘ymakorligi yo‘nalishida 5 ta, Qo‘lda gilam to‘qishda 10 ta, Qo‘lda gazlamalar to‘qishda 10 ta, Milliy liboslar tayyorlashda 10 ta, Tosh o‘ymakorligida 5 ta, Zardo‘zlik buyumlari tikishda 10 ta va h.k. shogirdlar tayyorlash belgilangan. Lekin, mazkur shogirdlar soni bugungi kun talablariga javob bermaydi.

         Bu o‘zgartirishning qabul qilinishining asosiy maqsadi mamlakatda hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida qulayliklar va imtiyozlar berilishi hamda aholining ish bilan taьminlanmagan qatlamini, yaьni kam taьminlangan oila aьzolari, yoshlar, uyda o‘tiradigan ayollar, maktab bitiruvchilarini ish bilan taьminlash uchun usta-hunarmandlarga shogirdlar olishni cheklovchi normalarni olib tashlashdan iborat. Bu esa mamlakatimizda ishsizlikni kamaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ishsiz yurgan aholini haq to‘lanadigan mehnatga jalb qilish, hunarmandlarninig huquq va manfaatlarini taьminlash hamda hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirishni yanada soddalashtirilishiga olib keladi.

         O‘zbekiston Respublikasining mazkur Qonuniga kiritiladigan o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda qonunchilik texnologiyalari qoidalariga muvofiqdir va amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga to‘liq mos keladi.

         Mazkur Qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqilib, 2020 yil 10 noyabr kuni qabul qilingan va Oliy Majlis Senatining 2020 yil 20 noyabrdagi qarori bilan ma’qullangan.

         Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-653-son Qonuni 2020 yil 3 dekabr kuni qabul qilindi va rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiritildi.

         Bu Qonunning 10-moddasi mazmun-mohiyatiga ko‘ra, respublikamizdagi  O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 6 moddasi (Yakka tartibdagi tadbirkorlik)to‘rtinchi qismi quyidagicha tahrir qilindi:

         “Hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlar tayyorlash (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) uchun shogirdlarni ularga tegishlicha haq to‘lagan holda jalb etishga haqlidir”.

         Buning mazmun-mohiyati shundan iboratki, 2020 yil 3 dekabrdan boshlab respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan “Hunarmand” uyushmasi a’zolari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha mahalliy sharoitlaridan kelib chiqqan holda shogirdlar qabul qilishi mumkin va ularga shogirdlar soni cheklanmaydi.

Iskanov Avaz Ismatovich
Respublika “Hunarmand” uyushmasi
yuriskonsulti

Author: Uyushma axborot xizmati