Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Maktab o‘quvchilari MFY binosida tashkil etilayotgan hunar maktabida hunar o‘rganadilar

Maktab o‘quvchilari MFY binosida tashkil etilayotgan hunar maktabida hunar o‘rganadilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabr kuni “Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ilovasining  33-bandida Milliy hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati yo‘nalishlari bo‘yicha bolalar musiqa va san’at maktablari, «Barkamol avlod» bolalar markazlari hamda kasbga o‘qitish maskanlarida o‘quv-mashg‘ulotlarini tashkil etish. Bunda, o‘quv jarayonlariga mentor sifatida Xalq amaliy san’ati ustalari milliy katalogiga kirgan…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabr kuni “Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ilovasining  33-bandida Milliy hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati yo‘nalishlari bo‘yicha bolalar musiqa va san’at maktablari, «Barkamol avlod» bolalar markazlari hamda kasbga o‘qitish maskanlarida o‘quv-mashg‘ulotlarini tashkil etish.

Bunda, o‘quv jarayonlariga mentor sifatida Xalq amaliy san’ati ustalari milliy katalogiga kirgan va uzoq yillik tajribaga ega bo‘lgan ustalarni jalb etish,-belgilangan. Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani “Katta Kenagas” MFY binosini bo‘sh turgan binosida yog‘och o‘ymakorligi va naqqoshlik bo‘yicha 40 yillik tajribaga ega Adxamjon Raxmatullayev ustozligida “Barkamol avlod” bolalar markazi tomonidan to‘garak tashkil etilmoqda. Ushbu to‘garakda bir vaqtni o‘zida 50 yaqin yoshlar yog‘och o‘ymakorligi va naqqoshlik sirlarini o‘rganish imkoniyati yaratiladi. 

Uchko‘prik tuman xokimi tomonidan qo‘llab quvvatlangan tashabbusni tashkiliy masalalarni muhokama qilish maqsadida “Hunarmand” uyushmasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi boshlig‘i Rasuljon Mirzaaxmedov “Katta Kenagas” MFYda bo‘lib uzoq yillik tajribaga ega A.Raxmatullayev hamda MFY raisi bilan to‘garakga ajratilgan binoda bo‘lib, to‘garakni tashkil etish rejalari muhokama qilindi. Viloyat boshqarmasi rahbari Rasuljon Mirzaaxmedov “Hunarmand” uyushmasi to‘garakni tashkil etish hamda yoshlarga hunar o‘rgatish bo‘yicha barcha imkoniyat darajasida qo‘llab quvvatlashini bildirdi.

Author: Uyushma axborot xizmati