Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Navro‘z bog‘ida  xalqimiz madaniyati, milliy qadriyatlari chuqur ifodasini topgan

Navro‘z bog‘ida  xalqimiz madaniyati, milliy qadriyatlari chuqur ifodasini topgan

Ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkor hunarmand Mohira Sultonovaning “Toshkent shahridagi “Navro‘z” bog‘ida bu yildan boshlab,  ijara narxlari o‘ta qimmatlashib, bu  bog‘da faoliyat yuritayotgan  ko‘plab hunarmandlarni o‘z ish joylarini tark etishga majbur bo‘lishyapti”- nomli murojaati https://www.facebook.com/mohira.sultanova/posts/pfbid05xz36WVXZg4Lu8f4giBoXewZXToic88Bfo4g4xiTjZ3kbHFvWju52bahz1GV5g17l e’lon qilindi. “Hunarmand” uyushmasi tomonidan hunarmandning har bir murojaati e’tiborda. Ushbu murojaatda ko‘tarilgan muammolarni o‘rganish maqsadida Uyushma raisi Ulug‘bek Abdulayev topshirig‘iga binoan…

Ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkor hunarmand Mohira Sultonovaning “Toshkent shahridagi “Navro‘z” bog‘ida bu yildan boshlab,  ijara narxlari o‘ta qimmatlashib, bu  bog‘da faoliyat yuritayotgan  ko‘plab hunarmandlarni o‘z ish joylarini tark etishga majbur bo‘lishyapti”- nomli murojaati https://www.facebook.com/mohira.sultanova/posts/pfbid05xz36WVXZg4Lu8f4giBoXewZXToic88Bfo4g4xiTjZ3kbHFvWju52bahz1GV5g17l e’lon qilindi. “Hunarmand” uyushmasi tomonidan hunarmandning har bir murojaati e’tiborda. Ushbu murojaatda ko‘tarilgan muammolarni o‘rganish maqsadida Uyushma raisi Ulug‘bek Abdulayev topshirig‘iga binoan ishchi guruhi tuzildi.  Ishchi guruhiga rais o‘rinbosari, Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i va uyushmaning mas’ul xodimlari jalb etildi.

Navro‘z bog‘ida  xalqimiz madaniyati, milliy qadriyatlari chuqur ifodasini topgan. 2,5 gektar maydon etnografik shaharchaga aylantirilgan. Qoraqalpog‘iston va barcha viloyatlar nomlari bilan ataladigan ko‘chalar va qadimiy uslubda uylar bunyod etilib, har bir hududning o‘ziga xos an’analari, hunarmandchiligi, turmush tarzi aks ettirilgan. Mazkur bog‘da “Hunarmand” uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi a’zolarining 16 nafari faoliyat yuritadi. Ishchi guruhining vakillari Navro‘z bog‘ida faoliyat olib borayotgan hunarmandlar bilan ham suhbatlashdi. Hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa bu yerda faoliyatlarini davom ettirishlari uchun muammoni o‘rgangan holda “Hunarmand” uyushmasi o‘z vakolati doirasida tegishli muassasalarga o‘rnatilgan tartibda murojaat etdi.

Shuningdek,  2023 yil 23 fevral kuni “Hunarmand” uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Shaxobiddin Asamov Navro‘z bog‘ida tashkil etilgan “Navro‘z” MCHJ rahbari bilan hunarmandlarning ijara to‘lovi qimmatlashgani masalasi yuzasidan murojaat etdi. “Navro‘z” MCHJ rahbari pandemiya davrida tadbirkor va hunarmandlarga imtiyozlar berish maqsadida ijara narxlari 1 m² 50 ming so‘mdan belgilanganligi va bu imkoniyat ikki yil uzaytirilib, 75 ming so‘mgacha belgilanganligi ta’kidlandi. 2023 yil 1 martdan  1 m² 150 ming so‘m belgilanishi ko‘zda tutilgan, agarda bundan  past narx ko‘rsatilsa “Navro‘z” MCHJ faoliyatiga qiyinchilik tug‘ilishini tushuntirdi. 25 fevral kuni “Hunarmand” uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Baxodir Suyunov Naro‘z bog‘ida faoliyat olib borayotgan hunarmandlar bilan uchrashib, suhbatlashdi. Hunarmandlar ijara narxi ko‘tarmaslik taklifini berishdi.

Davlatimiz rahbarining “Kasanachilikni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga ko‘ra 2023 yil 1 martdan 2026 yil 1 yanvargacha 3 oydan ko‘p 30 tadan ortiq kasanachilarni jalb qilgan va u asosida ishlab chiqargan mahsulotlardan olgan daromadi jami daromadining 60 foizidan ko‘pni tashkil etgan tadbirkorlar uchun: ayrim davlat mulkilaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi 50 foiz miqdorda belgilanadi;-deb belgilandi. “Hunarmand” uyushmasi vakolati doirasida Navro‘z bog‘ida tashkil etilgan “Navro‘z” MCHJ rahbariyatiga yana bu masalada murojaat etadi.
Hunarmand” uyushmasi Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati