Hurmatli yurtdoshlar, Poytaxtimiz mehmonlari! 2023-yil 22-iyul kuni soat 11:00da Toshkent shahrining “Sayilgoh” ko‘chasida joylashgan Hunarmandlar masknida II Xalqaro Hunarmandchilik festivali doirasida “Men Qo‘qonga boraman” shiori ostida ko‘rgazma va ko‘rik-tanlovning Toshkent shahar bosqichini o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbir Respublika “Hunarmand” uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tashkil etilmoqda. Unda poytaxtlik 50 nafardan ortiq usta-hunarmandlar ishtirok etadi. Ko‘rgazma va ko‘rik-tanlovda…
Hurmatli yurtdoshlar,
Poytaxtimiz mehmonlari!
2023-yil 22-iyul kuni soat 11:00da Toshkent shahrining “Sayilgoh” ko‘chasida joylashgan Hunarmandlar masknida II Xalqaro Hunarmandchilik festivali doirasida “Men Qo‘qonga boraman” shiori ostida ko‘rgazma va ko‘rik-tanlovning Toshkent shahar bosqichini o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbir Respublika “Hunarmand” uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Unda poytaxtlik 50 nafardan ortiq usta-hunarmandlar ishtirok etadi. Ko‘rgazma va ko‘rik-tanlovda O‘zbekistonning poytaxti Toshkent shahri hunarmandchilik maktablariga xos bo‘lgan betakror amaliy san’at va hunarmandchilik mahsulotlarini tomosha qilish bilan birga xarid qilishingiz mumkin.
Barchangizni ushbu ko‘rgazma va ko‘rik-tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz.