Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Kulolchilik-hunarmandchilikning loy (gil) dan turli buyumlar (terakkota, sopol, idish, qurilishi materiallari va b) tayyorlaydigan turi.

Kulolchilik-hunarmandchilikning loy (gil) dan turli buyumlar (terakkota, sopol, idish, qurilishi materiallari va b) tayyorlaydigan turi.

Kulolchilikda asosiy xomashyo – tuproq. Kelib chiqishi va tarkibi turlicha boʼlgan tuproqlardan turli xil kulolchilik mahsulotlari tayyorlanadi. Loy qancha koʼp pishitilsa, sopolning sifati shuncha yaxshi boʼladi.
Kulolchilikda asosiy qurol kulolning charxi, usta unda idishlar tayyorlaydi va ularga shakl beradi. Tayyorlangan idishlar quritilib, xumdonda qizdiriladi.
Kulollik charxi – kulollikda ishlatiladigan dastgoh; kulolning asosiy ish quroli, maxsus loydan ishlanadigan idishni shaklga solishda foydalaniladi.Kulollik charxi ikki yogʼoch gʼildirak-katta parrak (diametri 1 metrgacha) va kichik sartaxta diametri (20-30 sm) hamda gʼildiraklarning markazidan oʼtgan dumaloq xarsang toshga oʼrnatilgan oʼqdan iborat. Kulol pasdagi katta gʼildakni oyogʼi bilan aylantiradi, yuqoridagi gʼildirak ustiga loyni quyib idish yasaydi. Kulolchilik charxi ilk bor Qadimgi Sharqda milloddan avvalgi 4-3 ming yillikda paydo boʼlgan, u dastlab qoʼlda aylantirilgan. Keyinchalik oʼrta asrlarda oyoq bilan aylantiradigan xili-hozir qoʼllanilayotgan Kulolchilik charxi yuzaga kelgan.

Manba: Oʼzbekiston hunarmandchiligi va amaliy sanʼati Entsiklopediya I

Author: Uyushma axborot xizmati